Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tashabbusi bilan “Ilm-fan – 2020” hamkorlik dasturi doirasida shu yilning 22 noyabr kuni QS (Quacquarelli symonds) kompaniyasining Sharqiy Yevropa va Markaziy Osiyo bo‘yicha mintaqaviy direktori Zoya ZaysevavaTimes Higher Education agentligining Rossiya va MDH davlatlari bo‘yicha mintaqaviy direktori Egor Yablokov boshchiligidagi delegasiyaning yurtimizga tashrifi tashkil etildi.
Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligida bo‘lib o‘tgan uchrashuvda QS va Times Higher Education kabi dunyoning yetakchi universitetlar reyting agentliklaribilan o‘zaro hamkorlik masalalari, xususan, mahalliy oliy ta’lim muassasalarining xalqaro miqyosida mavqeini oshirish, yurtimiz olimlarining ilmiy salohiyatini dunyo miqyosida e’tirof etilishini ta’minlash kabi masalalar muhokama qilindi.
Uchrashuvda oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri Inomjon Majidov kuchli universitetlar reytingiga kirish xalqaro ta’lim bozorida raqobatbardoshlikni oshirish uchun imkoniyat ekanini ta’kidlar ekan, O‘zbekiston oliy ta’lim muassasalarining QS va Times Higher Education kabi yetakchi reyting agentliklari tomonidan tuziladigan dunyoning kuchli universitetlari qatoriga kirmaguncha sa’y-harakatlar bir zumga bo‘lsa-da to‘xtatilmacligini qayd etdi.
Uchrashuvda yurtimizdagi oliy ta’lim muassasalarini xalqaro reytingga kiritish strategiyasidagi muhim jihatlar muhokama qilinib, bu boradagi xalqaro reyting agentliklari metodologiyasi ko‘rib chiqildi. Jumladan, mahalliy olimlarning xalqaro ilmiy jurnallarda ishtirokini oshirish va Scopus ma’lumotlar bazasida ulardan iqtibos keltirishlarni ko‘paytirishga e’tibor qaratish kerakligi, chunki bu reytingni shakllantiruvchi asosiy ilmiy ma’lumotlar ekani qayd etildi.
Manba: xs.uz
Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)
Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!
Ўзбекистон миллий терма жамоаси бош мураббийи Фабио Каннаваро бугунги Ўзбекистон U-17 - Италия U-17 ўйини олдидан ўз Instagram саҳифасига пост жойлади.
Қайд этилишича, табиб халқ табобати соҳасида фаолият юритиш гувоҳномасининг амал қилиш муддати тугаганига қарамай, одамларга хизмат кўрсатишда давом этган.
Германия канцлери Фридрих Мерцнинг айтишича, АҚШ ва Европа Украина учун муҳокама қилаётган хавфсизлик кафолатлари айрим ҳолатларда тинчликпарвар кучлар Россия томонидан қилинган ҳужумларни қайтариши мумкинлигини назарда тутади.
Яқинда Қора денгизда амалга оширилган ҳужумлар Қора денгизда кемалар қатнови хавфсизлигига жиддий таҳдид солмоқда. Тижорат ва фуқаролик кемаларига қилинган ҳужумлар ҳеч кимга фойда келтирмайди. Бу масала бўйича ҳар икки томонга ўз огоҳлантиришларимизни аниқ етказдик.
Афғонистондан контрабанда қилиниб, Бухоро шаҳри ҳудудига яшириб кетилган соф вазни 4 кг 715 г бўлган «опий» моддасини хуфия жойдан олган икки шахс қўлга олинди.
Институт томонидан ўтказилган сўровнома иштирокчиларининг 72 фоизи қуйидаги шартларни ўз ичига олган тинчлик режасига рози бўлиши мумкинлигини билдирган: урушни ҳозирги фронт чизиғида “музлатиб қўйиш” ва Украина учун хавфсизлик кафолатлари — аммо оккупация қилинган ҳудудларни расман Россияники деб тан олмасдан. 14 фоиз иштирокчи бундай режани ҳам рад этган.
Германия ташқи ишлар вазири Йоханн Вадефуль Россияни «агрессив ва империалистик сиёсат» юритишда айблаб, Москва НАТОга қарши урушга тайёргарлик кўраётганини билдирди.