O‘zbekiston: nabiralarimiz mamlakatimiz bilan faxrlanishlari uchun…

O‘zbekiston: nabiralarimiz mamlakatimiz bilan faxrlanishlari uchun…

Nabiram 7 yoshga to‘ladi, bu yil u maktabga boradi. Darhaqiqat, u boshqa O‘zbekistonda, O‘zbekiston-2016da tug‘ilgan “birinchi sinf o‘quvchilari”ning so‘nggi avlodi bo‘ladi. U hozir biz yashayotgan, o‘zgargan sharoitdan yaxshi edimi yoki yomonmi? – Bu haqda ommaviy axborot vositalari va jamoatchilik uzoq vaqt bahs olib boradi. Men esa shunchaki uning boshqacha bo‘lganligini qayd etayapman. U boshqa O‘zbekiston edi. O‘ylaymanki, agar siz bu davrda mamlakatni keng ko‘lamli qayta formatlashning guvohi yoki undan ham aniqroq aytganda ishtirokchisi bo‘lsangiz, fikrimni ma’qullaysiz deb o‘ylayman.

Haqiqatan ham, o‘zgarishlar hayotimizning barcha sohalariga ta’sir ko‘rsatdi. Masalan, o‘nlab yillar davomida asosiy milliy boyligimiz hisoblangan paxtani olaylik. Biz nimaga ega edik? 2016 yilda mamlakatimizda tolani qayta ishlash yetishtirilgan hosilning uchdan bir qismiga zo‘rg‘a yetdi, uni yig‘ishda majburiy va bolalar mehnatining ulushi 14 foizni tashkil etardi, 330 dan ortiq firma va kompaniyalar, jumladan, jahonga mashhur brendlar ham O‘zbekiston paxta xomashyosiga va undan tayyorlangan mahsulotlarga nisbatan norozilikka qo‘shildi.

Hozir nimaga egamiz?

2023 yilga kelib O‘zbekistonda “oq oltin”ni qayta ishlash 100 foizga yetdi, majburiy va bolalar mehnatiga barham berildi, eksport yo‘lidagi barcha to‘siqlar olib tashlandi va cheklovlar bekor qilindi. Hozir esa respublika tashqi bozorga xomashyo emas, yuqori qo‘shilgan qiymatga ega tayyor mahsulotlar jo‘natmoqda. Bularning barchasi, umuman, qishloq xo‘jaligida amalga oshirilgan chuqur islohotlar, xususan, paxta-to‘qimachilik klasteri tizimini shakllantirish tufayli amalga oshirildi.

Shu tufayli hozirgi birinchi sinf o‘quvchilarining ota-onalari hech kim ularning farzandlarini qishloq xo‘jaligi ishlarida qatnashish uchun maktabdan chalg‘itmasligiga ishonch hosil qilishlari mumkin. Bu bolajonlar, jumladan, nabiramning ham sifatli ta’lim olishi, jumladan, oliy ma’lumot olishi uchun imkoniyatlar yanada kengayadi. Zero, 2016-2022 yillarda mamlakatimizdagi oliy o‘quv yurtlari soni 2,5 barobarga oshib, 198 taga yetdi, bu davrda yoshlarning oliy ta’lim muassasalariga qamrab olinishi 9 foizdan 38 foizga oshdi. Bu bolajonlar maktabni tamomlaguncha bu ko‘rsatkichlar yanada ortadi.

O‘zbekistonda 2016 yilda boshlangan ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarning eng yaxshi namunasi hokimiyat va aholi o‘rtasida davom etayotgan muloqot bo‘ldi. Yig‘ilib qolgan muammolarga yuz tutgan mamlakatga, umuman, o‘sha davrda shakllangan jamiyat ehtiyojlariga javob beruvchi, O‘zbekistonga misli ko‘rilmagan ochiqlik va oshkoralik darajasi bilan ajralib turuvchi mutlaqo yangi kun tartibi taklif etildi.

Bizni o‘ylantirayotgan muammo, taklif yoki tashabbus bilan murojaat etish mumkin bo‘lgan Xalq qabulxonalari singari muassasa mavjudligini 7 yil avval tasavvur qilgan bo‘larmidik? Hokimiyat va idoralar vakillari esa murojaat etuvchini shunchaki tinglash bilan cheklanib qolmay, balki (albatta, Qonun doirasida va o‘z vakolatlari doirasida) uni qanoatlantiruvchi javob topishga majbur bo‘lishlariga umid qilamiz?! Nima uchun har xil qog‘ozbozliklarga barham berilib, ish jarayoni soddalashtirilib, kundalik hayotimizni yengillashtirish uchun, davlat xizmatlari ko‘lami ham isloh qilindi, 2016 yilda ular atigi 12 ta bo‘lib, faqat tadbirkorlarga xizmat ko‘rsatilgan bo‘lsa, hozirgi kunda ularning soni 280 taga yetib, endilkda barcha toifadagi aholi uchun xizmat ko‘rsatadi?!

Valyuta chayqovchiligi barham topishi va farzandlarimizning xorijda o‘qishi yoki ota-onamizning davolanishiga pul to‘lash uchun mamlakatning istalgan bankidan osonlikcha dollar sotib olish mumkinligini (garchi biz buni chindan xohlayotgan bo‘lsak ham) tasavvur qilgan bo‘larmidik?

Chegaralar ochilishi bilan olislarga yoki yaqin xorijdagi qarindosh-urug‘larga dam olishorish uchun bimkoniyatlari shunchalik kengayishini tasavvur qilganmidik? Qo‘shni davlatlar bilan savdo-sotiq haqida nima deyishimiz mumkin? Agar 2017 yilda O‘zbekistonning Markaziy Osiyo davlatlari bilan tovar ayirboshlash hajmi 2,6 milliard dollarni tashkil etgan bo‘lsa, o‘tgan yil oxirida bu ko‘rsatkich 7,5 milliardga dollarga yetdi, ya’ni uch barobarga oshdi!

Qardosh xalqlar bilan o‘zaro hamjihatlik va intilish darajasi yuksalib, madaniy-ma’naviy aloqalar mustahkamlanayotganini hech qanday raqam bilan o‘lchab bo‘lmaydi! Bugungi kunda bu allaqachon umume’tirof etilgan haqiqatga aylandi: o‘tgan yillar davomida mamlakatimiz mintaqadagi integrasiya jarayonlarining o‘ziga xos drayveriga aylandi. Bu holat esa barcha sohalarga taalluqli.

Yaqin orada, ya’ni 2015-2016 yillarda, asosan yakkalanib qolgan, yarim yopiq O‘zbekiston ko‘plab cheklovchi choralardan voz kechib, keng ko‘lamli modernizasiya va sivilizasiyalashgan global ijtimoiy-iqtisodiy makonga to‘liq integrasiyalashuvga yo‘naltirilgan davlat sifatida o‘zini namoyon eta boshlaydi, deb tasavvur qila olarmidik?

Bu taqqoslov qanchalik o‘rinli ekanini bilmaymanu, lekin bundan 7 yil avval mamlakatimiz qish uyqusidan keyin tabiat singari uyg‘ondi va zudlik bilan dinamik o‘zgarishlar zarurligini anglab, asta-sekin rivojlanish yukini siqib chiqardi.

Yangi investisiya siyosati va tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlashga doir chora-tadbirlar transport va kommunikasiyalar, energetika va qishloq xo‘jaligi, sanoatning turli tarmoqlari va xizmat ko‘rsatish sohasi, tibbiyotda iqtisodiy jihatdan foydali, ta’limda, ayni paytda nihoyatda o‘zgargan turizm industriyasida va boshqa sohalarda bozorni to‘ldirish, mahalliy tovarlar raqobatbardoshligini oshirish, bandlik muammolarini hal etish va umuman turmush sifatini yaxshilashga yordam beruvchi, ijtimoiy yo‘naltirilgan zamonaviy loyihalarni amalga oshirishga turtki bo‘ldi. Hayotimiz yanada qiziqarli bo‘ldi, shunday emasmi?

Ommaviy axborot vositalarining erkinlashuvi va ijtimoiy ahamiyatga ega masalalar bo‘yicha ochiq bahs-munozaralar sharoitida nima sodir bo‘layotganini kuzatib borayapmiz. 2016 yilda media makonini liberallashtirishning bunday darajasini tasavvur eta olarmidik? Men bunga shubha qilaman ....

Men nabiram tug‘ilganidan buyon o‘tgan yillar davomida hayotimizning muayyan sohalarida amalga oshirilgan islohotlarning ayrim natijalarini beixtiyor aytib o‘tdim.

Albatta, 7 yil davomida biz tilga olgan sohalarda va boshqa sohalarda amalga oshirilgan ishlar haqida batafsil hikoya qilish uchun bitta nashrning o‘zi kamlik qiladi, chunki mumtoz yozuvchimiz aytganidek, “cheksizlikni tushunib bo‘lmaydi”. Shu bilan birga, yuqoridagi voqealardan keyin bizda hammasi yaxshi, O‘zbekistonda barcha qiyinchiliklar yengib o‘tildi, degan taassurot bo‘lmasligi kerak. Yo‘q. Muammolar bor. Biz ularni yashirmaymiz. Biz ularni hal etish yo‘llarini topamiz va ochiq muhokama qilamiz.

Qaysi ijtimoiy ehtiyojlar bugungi kunda eng dolzarb hisoblanadi? Korrupsiyaga barham berish va byurokratik o‘zboshimchalikka qarshi kurash? Ha! Salohiyatli parlament va hukumat qarorlarining shaffofligi? Ha! Raqobatli iqtisodiyot va bozor ishtirokchilarining teng huquqliligi? Ha! Ekologik energetika va aqlli shaharsozlik? Tarixiy qadriyatlarni saqlash va izchil demokratlashtirish? Hammasini ma’qulash mumkin! Bu hali hammasi emas.

Yo‘l qo‘yilgan xatolar, mavjud muammolar va jiddiy tanqidlar o‘zgarishlarga umumiy kayfiyatimizni tushirmasligi kerak. Zero, O‘zbekiston yangilanish yo‘lidan o‘tib, eng murakkab vazifalarni qat’iyat bilan hal etib, unga amal qilishi shart! O‘tgan 7 yil davomida erishgan yutuqlarimiz bizga qanchalik ulkan bo‘lib tuyulmasin, keyingi 7 yil bundan kam bo‘lmasligi va, ehtimol, bunyodkorlik g‘oyalari bilan yanada ilhomlantirilgan bo‘lishi kerakdek tuyuladi.

Hech bo‘lmaganda, mening nabiram singari bu yil maktabga boradigan bolajonlar kamolotga erishib, bugungi yutuqlarimiz bilan faxrlanishlari va mamlakatni yana yangilash kerakligi haqida o‘ylamasliklari kerak.

Raximdjan Maxkamov,
publisist


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!