O‘zbekiston terma jamoasi kuzda Qozog‘iston bilan uchrashuv o‘tkazish ehtimoli bor. Manbaning ma’lum qilishicha, QFF O‘zbekiston milliy terma jamoasi bilan o‘rtoqlik o‘yini tashkil etish bo‘yicha samarali muzokaralar olib bormoqda.
O‘yin noyabr oyidagi xalqaro tanaffus davrida o‘tkazilishi rejalashtirilmoqda. Qozog‘iston terma jamoasi JCH-2026 saralashining so‘nggi o‘yinini 15 noyabr kuni Belgiyaga qarshi o‘tkazishi kerak, shundan so‘ng jamoada bo‘sh sana paydo bo‘ladi va aynan shu paytda O‘zbekiston bilan o‘yin tashkil qilinishi ehtimoli mavjud.
Qozog‘iston va O‘zbekiston milliy terma jamoalari so‘nggi bor 2022 yil 16 noyabr kuni Toshkentda uchrashgandi. O‘shanda O‘zbekiston 2:0 hisobida g‘alaba qozongan.
Ta’kidlash joizki, O‘zbekiston terma jamoasi ilk bor jahon chempionati final bosqichiga chiqishga yaqin. O‘zbekiston 17 ochko bilan mundialga to‘g‘ridan-to‘g‘ri yo‘llanma beruvchi turnir jadvalining ikkinchi pog‘onasini egallab turibdi. Saralash bosqichi yakuniga qadar O‘zbekiston ikkita o‘yinda maydonga tushadi – BAAga qarshi safarda (5 iyun) va Qatarga qarshi uyda (10 iyun).
Avvalroq Qozog‘iston terma jamoasining vaqtinchalik bosh murabbiyi Ali Aliyev, agar Qozog‘iston Osiyo futbol konfederasiyasida bo‘lganida, O‘zbekiston singari jahon chempionati final bosqichiga yo‘l olgan bo‘lardi, deb aytgan edi.
Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)
Туркия суд тизими мустақил эканини айтаётганларнинг барчаси "ҳақиқатни била туриб, бошини қумга тиқиб, онгли равишда бу жиноятга шерик бўлмоқда," дея таъкидлади қамоққа олинган Истанбул мери Экрем Имомўғли.
Манба маълумотларига кўра, марказ ҳудуди устидан учувчи аппаратнинг камида беш марта учиб ўтгани қайд этилган. Ҳар бир парвоздан сўнг аппарат ҳеч қандай из қолдирмай ғойиб бўлган.
Кадастр тизимида ишловчи танишлари орқали тегишли ҳужжатларни расмийлаштириб бериш эвазига 10 минг АҚШ доллари талаб қилиб, жами 160 минг АҚШ доллари олган вақтида ашёвий далиллар билан ушланди.
— Қўшимча ҳимоя чораларисиз бу сув тошқинига олиб келади ва маҳаллий аҳолига ҳам, Венеция маданий меросига ҳам катта зарар етказади, - дея огоҳлантирмоқда олимлар.