O‘zbekiston Milliy universiteti talabalarida koronavirus aniqlandi. Yotoqxona karantinga olindi

O‘zbekiston Milliy universiteti talabalarida koronavirus aniqlandi. Yotoqxona karantinga olindi

Joriy yil 19 aprel sanasidan Toshkent shahridagi O‘zbekiston Milliy universitetining 4-yotoqxonasida yashovchi talabalarda koronavirus infeksiyasi aniqlanganligi sababli ushbu yotoqxona 14 kunga karantinga yopildi.

Shuningdek, Toshkent tibbiyot akademiyasining 5-yotoqxonasida istiqomat qiluvchi talabalarda ham kasallik kuzatilganligi sababli yotoqxona 2 haftalik karantinga yopildi.

Shu munosabat bilan mazkur ta’lim muassasalariga tegishli ushbu turar joylarda yashaydigan talabalar ta’limni masofaviy shaklda davom ettiradi. 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!