O‘zbekiston Milliy simfonik orkestri xodimlarining lavozim maoshlari 2025 yil 1 yanvardan oshiriladi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti “O‘zbekiston Milliy simfonik orkestri faoliyatini qo‘llab-quvvatlash hamda milliy va jahon mumtoz musiqa san’atidan aholini yanada kengroq bahramand etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi hujjatni imzoladi.
Unga muvofiq, Madaniyat vazirligi huzuridagi O‘zbekiston davlat filarmoniyasi O‘zbekiston Milliy simfonik orkestri xodimlarining mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdoriga nisbatan hisoblanadigan bazaviy lavozim maoshlari miqdorlari 2025 yil 1 yanvardan boshlab, orkestrning:
badiiy-rahbar xodimlari uchun - 4,0 koeffisiyentga;
oliy va birinchi toifali artistlari uchun - 1,17 koeffisiyentdan 4,0 koeffisiyentga;
ikkinchi toifali va toifasiz artistlari uchun
1,17 koeffisiyentdan 3,0 koeffisiyentga oshiriladi.
Qarorga ko‘ra, davlat organlari, muassasalari va korxonalari byudjetdan tashqari mablag‘lari va kasaba uyushmalari mablag‘lari hisobidan o‘z xodimlarini milliy va jahon mumtoz musiqa san’ati asarlari bilan tanishtirishga qaratilgan konsert dasturlarini tashkil etish, ularga tashrif buyurish uchun chiptalar va abonementlar sotib olish amaliyoti tizimli ravishda joriy etiladi.
Tajribali dirijyorlar va orkestr ijrochilarining mahorat maktablari faoliyatini yo‘lga qo‘yiladi.