Hozirgi Falastin-Isroil mojarosi Falastinning tan olinishi bilan ikki davlatning tinch-totuv yashashi asosida yakunlanishi kerak. Bu haqda bugun, 26 noyabr kuni G7 guruhining Tashqi ishlar vazirlari yig‘ilishi yakunlari bo‘yicha qabul qilingan qo‘shma bayonotda so‘z boradi.
"Biz ikki demokratik davlat – Isroil va Falastin xalqaro huquq va BMTning tegishli rezolyusiyalariga muvofiq tinch va xavfsiz va tan olingan chegaralarda birga yashayotgan ikki davlat qarashlariga sodiqligimizni yana bir bor tasdiqlaymiz", deyiladi hujjatda.
G7 davlatlari, shuningdek, “G‘azo sektorini Falastin ma’muriyati nazorati ostidagi G‘arbiy sohil (Iordan daryosi) bilan birlashtirish” tarafdori.
2024 yil iyun holatiga ko‘ra, Falastin davlati Birlashgan Millatlar Tashkilotiga a’zo 193 davlatdan 146 tasi yoki BMT a’zolarining 75 foizdan sal ko‘prog‘i tomonidan suveren davlat sifatida tan olingan. Joriy yil yozda Norvegiya, Irlandiya, Ispaniya, Daniya va Sloveniya Falastinni mustaqil davlat sifatida tan oldi.
Biroq "Falastin-Isroil mojarosi Falastinning tan olinishi bilan ikki davlatning tinch-totuv yashashi asosida yakunlanishi kerak"ligini aytayotgan G7 davlatlari – Buyuk Britaniya, Germaniya, Italiya, Kanada, AQSH, Fransiya va Yaponiya uni hali suveren davlat sifatida tan olmagan. Xususan, G7 a’zosi bo‘lgan AQSh sabab Falastin 2012 yil noyabr oyidan beri Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasiga a’zo bo‘lmagan kuzatuvchi davlat hisoblanadi. Bu BMT Xavfsizlik Kengashining veto huquqiga ega doimiy a’zosi bo‘lgan Qo‘shma Shtatlarning doimiy ravishda veto huquqidan foydalangani yoki Falastinning BMTga to‘liq a’zo bo‘lishiga to‘sqinlik qilish uchun shunday qilish bilan tahdid qilgani bilan bog‘liq.
Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)
Россия Қуролли кучлари Бош штаби бошлиғи Валерий Герасимов ўтган ҳафта АҚШ штаб бошлиқлари бирлашган қўмитаси раиси, генерал Чарлз Браунга қўнғироқ қилди.
Бошланган ҳафтада кутилаётган об-ҳаво маълумоти эълон қилинди. Ушбу ҳафтанинг бошида Ўзбекистон ҳудудининг катта қисмида қуруқ об-ҳаво сақланиб туради.
Тожикистоннинг Суғд вилояти Конибодом туманида 8 декабр куни бир оиланинг олти аъзоси — эр-хотин ва уларнинг тўрт нафар фарзанди қотиллик қурбонига айланди.
"Биринчи кунданоқ сиз: «Аллоҳ буюкдир», деб айтдингиз. У раҳмон ва раҳмлидир, дедингиз. У оламларнинг Роббидир, дедингиз. Сиз фақат Унга ишондингиз. Фақат Ундан ёрдам сўрадингиз...".
Суриядаги фуқаролар уруши давомида шафқатсизлиги ва мухолифатга қарши кураши билан машҳур бўлган Башар Асаднинг амакиваччаси ва Миллий мудофаа кучларига раҳбарлик қилган Сулаймон Асад мухолифат томонидан осиб ўлдирилди.
Айни вақтда «Абу Валид» лақаби билан интернетга видео тасвирлар жойлаб бораётган Нуриддинов Худоёр Бахтиёр ўғлига нисбатан жиноят иши қўзғатилиб, қидирув эълон қилинган. Бу ҳақда ИИВ хабар берди.