O‘zbekiston milliy jamoasining Qatardagi yig‘inga boradigan tarkibida o‘zgarish bo‘ldi

O‘zbekiston milliy jamoasi 20-31 yanvar kunlari Qatarda o‘quv-mashg‘ulot yig‘inini o‘tkazadi.
O‘FA matbuot xizmati xabariga ko‘ra, «Andijon» a’zosi Doniyor Abdumannopov jarohati tufayli O‘zbekiston milliy jamoasining Qatardagi yig‘ini va Iordaniyaga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvida ishtirok etolmasligi ma’lum bo‘ldi. Murabbiylar shtabi tomonidan uning o‘rniga «Navbahor» klubi futbolchisi Ruslanbek Jiyanov yig‘inga jalb etildi.
Ma’lumot uchun, O‘zbekiston – Iordaniya uchrashuvi 27 yanvar kuni Toshkent vaqti bilan soat 22:00da «Abdulloh bin Xalifa» stadionida bo‘lib o‘tadi. Ushbu uchrashuv uchun legioner futbolchilar emas, asosan Superligada faoliyat yuritayotgan o‘yinchilar chaqirilgan.
O‘zbekiston milliy jamoasining Qatardagi yig‘inga jalb etilgan tarkibi:
Darvozabonlar: Abduvohid Ne’matov (Nasaf), Botirali Ergashev (Neftchi), Hamidullo Abdunabiyev (Bunyodkor)
Himoyachilar: Avazbek O‘lmasaliyev (OKMK), G‘olib G‘aybullayev (Nasaf), Dilshod Komilov (Nasaf), Islom Qobilov (So‘g‘diyona), Jahongir O‘rozov (Dinamo), Farrux Sayfiyev (Navbahor), Sherzod Nasrullayev (Nasaf), Saidazamat Mirsaidov (Navbahor), Zafarmurod Abdurahmatov (Nasaf), Umar Eshmurodov (Nasaf), Asadbek Rahimjonov (OKMK)
Yarimhimoyachilar: Akmal Mozgovoy (Nasaf), Odil Hamrobekov (Bunyodkor), Jamshid Iskanderov (Navbahor), Jahongir Abdusalomov (Surxon), Oybek Bozorov (Nasaf)
Hujumchilar: Anvarjon Hojimirzayev (Dinamo), Azizbek Amonov (Neftchi), Ruslanbek Jiyanov (Navbahor), Bobur Abduxoliqov (Nasaf), Husayn Norchayev (Neftchi), Jasur Yaxshiboyev (Ordabasi, Qozog‘iston).