O‘zbekiston Kobuldagi maktabda sodir etilgan terrorchilik xurujini qoraladi

O‘zbekiston Kobuldagi maktabda sodir etilgan terrorchilik xurujini qoraladi

O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi Afg‘oniston poytaxtida sodir etilgan zo‘ravonlik harakatlarining tashkilotchilari va ijrochilarini aniqlashda barcha zarur choralarni ko‘rishga chaqirdi.

“Kobul g‘arbidagi ta’lim markazida sodir etilgan qabih terrorchilik xuruji oqibatida o‘nlab insonlar, asosan, qizlar halok bo‘lgani va jarohatlangani haqidagi xabarni chuqur qayg‘u bilan qabul qildik, - deb ta’kidlangan TIV bayonotida. - Yana ro‘y bergan zo‘ravonlik harakatlarni keskin qoralagan holda, mazkur yovuz va g‘ayriinsoniy xuruj tashkilotchilari hamda ijrochilarini aniqlashda barcha zarur choralarni ko‘rishga chaqiramiz”.

Bayonotda halok bo‘lganlarning oila a’zolari va yaqinlariga chuqur hamdardlik bildirilib, jarohatlanganlarning tezroq sog‘ayib ketishi tilab qolingan.

Afg‘oniston poytaxtida 30 sentyabr, juma kuni xudkush-terrorchi ta’lim muassasasiga hujum uyushtirdi. Oqibatda kamida 19 kishi halok bo‘ldi, yana 27 kishi yaralandi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!