O‘zbekiston jamoasi Sankt-Peterburgdagi Mehribonlik uylari o‘rtasidagi musobaqa g‘olibiga aylandi

O‘zbekiston jamoasi Sankt-Peterburgdagi Mehribonlik uylari o‘rtasidagi musobaqa g‘olibiga aylandi

12-15 may kunlari Sankt-Peterburgda XVIII xalqaro futbol turniri bo‘lib o‘tdi. Unda O‘zbekistondagi Mehribonlik uylarining 11-12 yoshli tarbiyalanuvchilari ishtirok etdi. Bu haqda Xalq ta’limi vazirligi xabar berdi.

“Toshkentdagi 21 va 22-sonli hamda Chirchiqgi 14-sonli Mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilaridan iborat O‘zbekiston terma jamoasi a’zolari musobaqaning mutloq g‘olibi bo‘lishdi”, - deyiladi xabarda.

22-sonli Mehribonlik uyi tarbiyachisi Abdulaziz Mannopov boshchiligidagi musobaqada terma jamoa "Shatlova" jamoasi ustidan 4-1 xisobida g‘alaba qozondi.

Yosh sportchilar final bosqichda "KURSK" terma jamoasini 5-4 xisobida mag‘lub etib, faxrli 1-o‘rinni egallashdi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!