Prognozlashtirish va makroiqtisodiy tadqiqotlar instituti (PMTI) mutaxassislari O‘zbekiston hududlari bo‘yicha axborot-kommunikasiya texnologiyalari (AKT) rivojlanishining reytingini tuzdi.
Hududlarda yaratilgan sharoitlar raqamli iqtisodiyotning inklyuzivligini ta’minlash uchun juda muhim. "Raqamli imkoniyatlar" nafaqat markazda, balki viloyatlarda ham mavjud bo‘lishini ta’minlash uchun ushbu imkoniyatlar ko‘lami va dinamikasini ko‘rib chiqish muhim ahamiyatga ega.
Raqamlashtirish odamlar va tovarlarning bir joydan ikkinchi joyga yetkazilishi uchun ketadagan xarajatlarni kamaytirishi mumkin. Bu esa ishchilar va korxonalar uchun joylashuvning ahamiyatini kamaytiradi. Natijada, mintaqalardagi texnologik taraqqiyot xizmatlardan foydalanish sifati va imkoniyatlarini yaxshilashi, fuqarolarning mamlakat hayotidagi jarayonlardagi ishtirokini faollashtirishi, tadbirkorlik va mahalliy mehnat bozorlarini rivojlantirishi mumkin.
AKT kompaniyalar ichida axborotni boshqarishni yaxshilashda ko‘mak beradi. Ular tranzaksiya xarajatlarini kamaytirishi va biznesdan biznesga (B2B) va biznesdan iste’molchiga (B2C) operasiyalari uchun tranzaksiyalarning tezligi va ishonchliligini oshirishi mumkin.
Yaponiya qishloq joylarida iqtisodiyotni rivojlantirishning muqobil siyosati sifatida masofadan turib ishlashni tatbiq etgan yetakchi davlatlardan biri hisoblanadi. Agar 2017-yilda Yaponiya kompaniyalarining 13,9% i o‘z xodimlariga masofadan ishlashga ruxsat bergan bo‘lsa, 2021-yilda bu ko‘rsatkich 51,9% ga yetdi.
Shu bilan birga, kognitiv ko‘nikmalarni (savodxonlik, hisoblash va muammolarni hal qilish) birlashtiradigan raqamli ko‘nikmalarni o‘rgatish uchun sarmoya kiritish ham muhim. Kasbiy ko‘nikmalarni rivojlantirish hali ham o‘zaro bog‘liq bo‘lmagan odamlar o‘rtasidagi aloqani ta’minlashda katta ahamiyatga ega.
PMTI mutaxassislari O‘zbekiston hududlarida AKTning rivojlanganlik holatini baholash maqsadida ITU metodologiyasiga muvofiq AKTning rivojlanish indeksi asosida O‘zbekiston mintaqalari reytingini tuzdi.
Hisoblash uchun asos sifatida AKTning rivojlanish indeksi tanlandi. IDI 3 guruhga ajratilgan (AKTga ulanish imkoniyati, AKTdan foydalanish darajasi va AKTdan foydalanish uchun ko‘nikmalar) 11 ko‘rsatkichni jamlagan holda hisoblanadi.
Indeks 2015-2021 yillar uchun hisoblangan.
Asosiy natijalar:
1. O‘zbekiston bo‘yicha indeksning o‘rtacha qiymati 2015-yildagi 6,04 dan 2021-yilda 6,96 ga ko‘tarildi.
2. 2021-yilda kuchli uchlikka Toshkent shahri (indeks qiymati 9,28), Navoiy (7,41) va Buxoro (7,06) viloyatlari kirdi.
3. O‘rganish davrida indeksning eng katta o‘sishi Xorazm (+1,20), Qashqadaryo (+1,18), Namangan (+1,15) viloyatlari va Qoraqalpog‘iston Respublikasida (+1,12) qayd etildi.
E’tiborli jihati shundaki, o‘rganilayotgan davrda O‘zbekistonning barcha hududlarida (Toshkent shahridan tashqari) indeks mutlaq ko‘rsatkichining o‘sishi kuzatilgan. Toshkent shahri indeksining pasayishi boshqa hududlarga nisbatan dastlabki davrdagi yuqori ko‘rsatkichlar bilan izohlanishi mumkin. Shunga qaramay, Toshkent shahri 2021-yilda ham reyting bo‘yicha sezilarli ustunlikni saqlab qoldi.
Xulosa qilib aytish mumkinki, O‘zbekiston uchun AKTning rivojlanish indeksi sohaning rivojlanishini hududlar bo‘yicha mamlakat ichida baholash va yagona ko‘rsatkich tufayli rivojlanish dinamikasini kuzatish imkonini beradi.
Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)
Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!
Global Wealth Databook ва Bloomberg томонидан дунёда аҳолисининг катта қисми миллионерлардан иборат бўлган давлатлар рўйхати эълон қилинди. Ўзбекистон бу рўйхатга киритилмади.
Ўзбекистонлик аралаш яккакураш устаси Саидёқуб Қаҳрамонов таэквондо WT бўйича Ўзбекистон терма жамоаси аъзоси, икки карра Олимпия ўйинлари ғолиби Улуғбек Рашитов ҳақида фикр билдирди.
Сиёсатчи таъкидлашича, агар бу ракеталар Россияга ҳужум қилиш учун ишлатилса, Москва буни Германиянинг уруш ҳаракатларида бевосита иштироки деб баҳолайди
Бу ҳақда Трамп NBC News телеканалига берган интервьюсида маълум қилган ва АҚШ, НАТО ҳамда Украина ўртасидаги янги ҳарбий ёрдам келишувининг тафсилотлари билан ўртоқлашган.
АҚШнинг президенти Дональд Трамп 2024 йилдаги ҳомийлар йиғилишида сўзлаб, Россия президенти Владимир Путинни Украинага ҳужум қилмаслик учун Москвага бомба ташлаш билан таҳдид қилганини маълум қилди.
БМТнинг Аҳолишунослик жамғармаси (ЮНФПА) маълум қилишича, Ғаза секторида тахминан 50 минг ҳомиладор ва эмизикли аёл бир неча кундан бери овқатга етиб бормай, жуда оғир шароитда яшамоқда.
Россия президенти Владимир Путин Роман Старовойтни транспорт вазири лавозимидан озод қилгач, у ўз жонига қасд қилгани ҳақида хабарлар тарқалди. Фожиага нима сабаб бўлган?
Исроил томонидан қўзғатилган гуманитар инқироз, Ғазога нисбатан кучайтирилган блокада ва инсонпарвар ёрдамларнинг киришини тўсиш билан янада оғирлашмоқда.
Техасда кучли ёмғир ва Гвадалупе дарёсининг тошиб кетиши оқибатида юзага келган сув тошқини оқибатида камида 104 киши ҳалок бўлди. Бу ҳақда The New York Times нашри хабар берди.
Исроил армиясининг қамал остидаги Ғазо секторига қилган навбатдаги тонгги ҳаво ҳужумлари натижасида камида 10 фаластинлик ҳалок бўлди. Марҳумлар орасида бир чақалоқ ҳам бор. Яна кўплаб инсонлар жароҳат олди.
Давлат нефть корпорацияси Бадаловнинг “тўсатдан ўлими”га бағишланган пресс-релизда унинг раҳбарлигида “қисқа вақт ичида кенг кўламли илм-фанни талаб қилувчи лойиҳалар амалга оширилганини” таъкидлади
Исроил Ғазо сектори аҳолиси, хусусан, болаларни атайин оч қолдирмоқда, яъни очликдан қурол сифатида фойдаланмоқда. Defence for Children International ва Doctors Against Genocide ташкилотлари томонидан эълон қилинган “Бутун авлодларнинг оч қолдирилиши” ҳисоботида шундай хулоса илгари сурилган.
Арманистон суди уни “ҳокимиятни эгаллаб олишга чақиришда” айблаб ДХХ қамоқхонасига жойлаштирди. Шу вақтнинг ўзида унга тегишли бўлган "Арманистон электр тармоқлари" (АЭТ) компаниясини миллийлаштириш бошланди.
Исроил оммавий ахборот воситаларининг хабар беришича, АҚШ расмийлари Ғазо секторида отишмаларни тўхтатиш ва асирларни алмашиш бўйича келишувга эришиш мақсадида Исроилга босим ўтказишга тайёрланмоқда.