«O‘zbekiston havo yo‘llari» 4 ta samolyotni sotuvga qo‘ydi

«O‘zbekiston havo yo‘llari» 4 ta samolyotni sotuvga qo‘ydi

«Uzbekistan Airways» aviakompaniyasi ayrim havo kemalarini sotishini e’lon qildi.

Xususiylashtirish dasturiga ko‘ra, Boeing kompaniyasining 4 ta samolyoti sotuvga qo‘yilgan.

Jumladan:

Boeing 757 (UK 75701), 1999 yili ishlab chiqarilgan;

Boeing 757 (UK 75702), 1999 yili ishlab chiqarilgan;

Boeing 767 (UK 67007), 2003 yili ishlab chiqarilgan;

Boeing 767 (UK 67008), 2004 yili ishlab chiqarilgan.

Davlat aktivlarini boshqarish agentligi tomonidan bu jarayonlarni tashkillashtirish uchun Buyuk Britaniyaning ACC Aviation kompaniyasi maslahatchi sifatida jalb qilingan. U havo kemalarining texnik holati, bozordagi talab va taklif asosida sotish mexanizmi bo‘yicha tahlil o‘tkazgan.

2023 yil 21 yanvar holatiga «Uzbekistan Airways» aviaparkida 37 ta samolyot qayd etilgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!