O‘zbekiston “Halal In Travel – Global Summit 2022"da ishtirok etmoqda

O‘zbekiston “Halal In Travel – Global Summit 2022"da ishtirok etmoqda

2022 yilning 31 may kunidan 2 iyuniga qadar Singapurda musulmon turizm bozorini tiklash va rivojlantirishga bag‘ishlangan “Halal In Travel – Global Summit 2022" bo‘lib o‘tadi.

Mazkur tadbir butun dunyodan sayyohlik sohasida chuqur bilimga ega 70 dan ziyod mutaxassislarni o‘zida to‘playdi.

O‘zbekistondan ushbu sammitda Bosh vazir o‘rinbosari – Turizm va madaniy meros vaziri Aziz Abduhakimov ishtirok etadi (onlayn formatda). Shuningdek, tadbirda Indoneziya vise-prezidenti, Maldiv Orollari turizm vaziri va Malayziya turizm, san’at va madaniyat vaziri qatnashadi.

Sammit yakunida "Halal in Travel" mukofoti taqdimoti bo‘lib o‘tadi. Ushbu mukofotlar turli toiflarni qamrab oluvchi musulmonlar hayot tarzidagi sayohatlar segmentiga sezilarli hissa qo‘shgan yo‘nalishlar, tashkilotlar, kompaniyalar va shaxslar kesimida taqdim etiladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!