O‘zbekiston futzal terma jamoasi murabbiyi: Eron bilan o‘yinga tayyorgarlik ko‘rmadik

O‘zbekiston futzal terma jamoasi murabbiyi: Eron bilan o‘yinga tayyorgarlik ko‘rmadik

O‘zbekiston futzal terma jamoasi bosh murabbiyi Xose Venansio Lopes Osiyo kubogi yarim final bosqichidan o‘rin olgan Eronga qarshi o‘yindan avval matbuot anjumanida ishtirok etdi.

– Rostini aytsam, Eron bilan o‘yinga tayyorgarlik ko‘rmadik. Chunki kechagi uchrashuvdan so‘ng bunga yetarli vaqtimiz bo‘lgani yo‘q. Biroq raqibimiz jahonning eng kuchli terma jamoalaridan biri ekanini yaxshi bilamiz.

Ularni qanday mag‘lub etish mumkin? Eronlik o‘yinchilarning darajasi juda yuqori va bu jamoani to‘xtatish juda qiyin. O‘ylashimcha, bitta uchrashuvda hamma narsa sodir bo‘lishi mumkin. Biz o‘z maqsadimizga erisha olamiz.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!