O‘zbekiston delegasiyasi MDHga a’zo davlatlar Moliyaviy razvedka bo‘linmalari rahbarlari kengashining 17-yig‘ilishida ishtirok etdi

O‘zbekiston delegasiyasi MDHga a’zo davlatlar Moliyaviy razvedka bo‘linmalari rahbarlari kengashining 17-yig‘ilishida ishtirok etdi

2021 yil 19 iyul kuni Bosh prokuratura huzuridagi Departament vakillari MDHga a’zo davlatlar Moliyaviy razvedka bo‘linmalari rahbarlari kengashining (Kengash) videoaloqa shaklida tashkil etilgan 17-yig‘ilishida ishtirok etdi.
Mazkur yig‘ilishda Kengashga a’zo davlatlar (Armaniston, Belarus, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Rossiya, Tojikiston va O‘zbekiston) delegasiyalari, MDH Ijroiya qo‘mitasi va MDHning sohaviy hamkorlik organlari (Chegara qo‘shinlari qo‘mondonlari kengashi, Aksilterror markazi, Uyushgan jinoyatchilik va boshqa xavfli turdagi jinoyatchilikka qarshi kurashishni muvofiqlashtirish byurosi, Soliqqa oid (moliyaviy) tergov organlari rahbarlari muvofiqlashtiruvchi kengashi, Korrupsiyaga qarshi kurashish davlatlararo kengashi) hamda Jinoiy daromadlarni legallashtirish va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish bo‘yicha Yevroosiyo guruhi vakillari ishtirok etdi.

Yig‘ilishni Kengash raisi YU.A.Chixanchin (Rossiya Federasiyasi) olib bordi.

Kun tartibiga muvofiq, delegasiyalar tomonidan Yevroosiyo mintaqasida jinoiy daromadlarni legallashtirish va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish (JDL va TMQK) bilan bog‘liq muhim masalalar, shuningdek mazkur sohadagi milliy tizimlarni mustahkamlash maqsadida xalqaro hamkorlikni kuchaytirish yuzasidan choralar muhokama qilindi.


Jumladan, ishtirokchilar MDHga a’zo davlatlarning xavfsizlik sohasidagi hamkorlik dasturlarining ijro etilishi jarayonlarini ko‘rib chiqdilar, milliy darajalarda JDL va TMQK sohasida chora-tadbirlarni amalga oshirish bo‘yicha tajriba almashdilar, shuningdek faoliyatning dolzarb yo‘nalishlari bo‘yicha hamkorlikni kengaytirish yuzasidan takliflar ishlab chiqdilar.

Shuningdek, mazkur yig‘ilish doirasida, delegasiyalar tomonidan Kengashning ishchi guruhlari faoliyati bilan bog‘liq masalalar ko‘rib chiqildi.

O‘zbekiston Respublikasi delegasiyasining bu kabi xalqaro tadbirlarda ishtirok etishi jinoiy daromadlarni legallashtirish va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish sohasidagi milliy tizim salohiyatini oshishiga, xalqaro va mintaqaviy hamkorlikning kuchayishiga xizmat qiladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!