O‘zbekiston 18 ta davlatga  gilos eksport qildi

O‘zbekiston 18 ta davlatga  gilos eksport qildi

Davlat statistika qo‘mitasi  ma’lumotlariga ko‘ra,  2020 yil 1 iyul holati bo‘yicha jami 31,3 ming tonna gilos mevasi eksport qilingan (o‘tgan yilning shu davriga qaraganda 14,6 ming tonnaga ko‘p). Xususan, qariyb 61 million AQSh dollariga teng bo‘lgan gilos mevasi 18 ta xorijiy mamlakat bozorlarida sotilgan. Bugungi pandemiya sharoitida bu ijobiy holat.

Ushbu mamlakatlar orasida Qozog‘iston 16,7 ming tonna (23 million AQSh dollari), Rossiya 9,3 ming tonna (15,8 million AQSh dollari), Qirg‘iz Respublikasi 4,7 ming tonna (20 million AQSh dollari) va  Koreya Respublikasida 124,3 tonna (496,9 ming AQSh dollari) bilan yuqori ulushga ega bo‘ldi.

E’tiborlisi, bu yil o‘zbek gilosi Germaniya, Litva, Lyuksemburg, Mo‘g‘uliston, O‘mon, Koreya va Tailand davlatlariga ham eksport qilingan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!