Uzbekistan airways Toshkentdan Anqaraga parvozlarni yo‘lga qo‘yadi

O‘zbekiston va Turkiya o‘rtasida fuqaro aviasiyasi sohasida hamkorlikni yanada rivojlantirish maqsadida joriy yilning 15–16-iyun kunlari Istanbul shahrida bo‘lib o‘tgan ikki davlat aviasiya ma’muriyatlarining maslahatlashuvlarida qator kelishuvlarga erishilgan edi.
Xususan, ikki davlat o‘rtasidagi aviaqatnovlar sonini oshirish va yangi yo‘nalishlar ochish bo‘yicha erishilgan kelishuvga asosan “Uzbekistan airways” aviakompaniyasi Toshkent – Anqara – Toshkent yo‘nalishida muntazam qatnovlarni yo‘lga qo‘yadi.
Aviakompaniya qishki mavsumda ushbu yo‘nalishda haftasiga bir marotaba muntazam parvozlarni amalga oshiradi.
Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)