O‘zbek kinosining shedevr asarlarini suratga olgan operator Rifkat Ibragimov vafot etdi

O‘zbek kinosining shedevr asarlarini suratga olgan operator Rifkat Ibragimov vafot etdi

Bugun taniqli kinooperator Rifkat Ibragimov 72 yoshida vafot etdi.

Rifkat Ibragimov 1950 yil 18 sentyabrda tavallud topgan, 1985 yilda Moskvada VGIKNi tamomlagan.

Ijodi davomida “Vodillik kelin”, “Pari momo”, “Maysaraning ishi”, “Temir xotin”, “Buyuk Amir Temur”, “Yo‘l bo‘lsin”, “Matonat”, “Umid” filmlarini suratga olgan.

Kinematografiya agentligi Rifkat Ibragimovni oxirati obod bo‘lishini tilab, marhumning oila a’zolari va yaqinlariga chuqur ta’ziya izhor etadi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!