O‘zbek boksi haqida realiti-shou suratga olinmoqda. Ilk qahramon afsonaviy Ruslan Chagayev!

O‘zbek boksi haqida realiti-shou suratga olinmoqda. Ilk qahramon afsonaviy Ruslan Chagayev!

O‘zbek boksi haqida "Boxing Uzbekistan Reality" shousi suratga olinmoqda. Uning ilk ishtirokchi afsonaviy o‘zbek bokschisi Ruslan Chagayev bo‘ladi.

Qayd etilishcha, suratga olish ishlarining birinchi bosqichi Moskvada amalga oshirilgan. Yaqin kunlarda ikkinchi bosqich doirasida Toshkentda suratga olish jarayoni bo‘lib o‘tadi.

Ruslan Chagayev ko‘rsatuv treylerida o‘zbek boksiga oid fikrlari bilan o‘rtoqlashdi:

"O‘zbekistonda iqtidorli yigitlar juda ko‘p. O‘zbekiston hozir havaskor boks bo‘yicha dunyoda liderlik qilmoqda. Bu realiti shou yulzudga aylanayotgan yosh prof bokschilari bor o‘zbek boksi haqida bo‘ladi. Bu shou Gollivud studiyasi bilan hamkorlikda suratga olinadi va butun dunyoga namoyish etiladi", - dedi Chagayev.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!