O‘zbek-afg‘on chegarasida hasharotlar ko‘payib ketmoqda

O‘zbek-afg‘on chegarasida hasharotlar ko‘payib ketmoqda

O‘zbekiston va Afg‘oniston davlatlari chegarasidagi neytral joylashgan Amudaryo ichkarisidagi kichik orolchalarda zararkunda hasharotlar ko‘payib ketgani aytildi. Surxondaryo viloyati hokimligi matbuot xizmati shu sababli chegara hududda yoqish ishlarini amalga oshirganini ma’lum qildi.

Ta’kidlanishicha, ushbu zonada paydo bo‘lgan qamishzorlarda turli kasalliklar tashuvchisi hisoblangan zararkunanda hasharotlar ko‘payishi va yuqumli kasalliklar tarqalishining oldini olish uchun rejali tartibda yoqish ishlari olib borilmoqda.

Mazkur ish mutasaddi idoralar ruxsati hamda mas’ul organlarning o‘zaro kelishuvi asosida amalga oshirilib, yong‘in to‘liq nazoratga olingan.

“Fuqarolardan ortiqcha vahimaga berilmaslikni, ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilaridan esa aholi o‘rtasida vahima keltirib chiqaruvchi yolg‘on axborotlarni tarqatmaslikni so‘raymiz”, deyiladi hokimlik xabarida.

Aytish joizki, dunyo dehqonchiligida mavsumga qarab har yili yetishtiriladigan ekinlarning kasallik, zararkunanda hamda hasharotlar bilan zararlanishi kuzatiladi va ularga qarshi kurashlar olib boriladi.

Zararkunanda va hasharotlarga qarshi biologik kurash ishlarini amalga oshirish yoki ularni yoqib yuborish orqali kurashish mumkin.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!