“O‘zAtom” agentligi “Chernobil hududi tabiat uchun jannatga aylangani”ga izoh berdi

“O‘zAtom” agentligi “Chernobil hududi tabiat uchun jannatga aylangani”ga izoh berdi

Avvalroq tarmoqda UzAtom yorlig‘i tushirilgan, "Chernobil hududi tabiat uchun jannatga aylandi" deb yozilgan slayd rasmi tarqalgani, bu rasm ko‘pchilikning e’tirozlariga sabab bo‘lgani haqida yozgan edik.

"O‘zatom" agentligi bu holat yuzasidan rasmiy bayonot berdi. Unda aytilishicha, 2020 yilning 18 yanvarida Toshkent shahridagi Vestminster xalqaro universitetida “O‘zbekistonda energetika sohasini rivojlantirish istiqbollari” mavzusida ochiq muloqot bo‘lib o‘tdi.

Shuningdek, Chernobil AESi yon-atrofidagi tark etish zonasi misolida radiasiya va nurlanishning turli genetik mutasiyalarga hamda tabiatga salbiy ta’siri to‘g‘risidagi slayd noto‘g‘ri talqin qilinmoqda va tarqatilmoqda, deyiladi bayonotda. 
 
"O‘zatom" agentligi ma’ruzachi o‘z chiqishida nimalarni aytib o‘tganini shunday tushuntirdi: 
 
«Hozirgi kunda atom energetikasi va yadroviy texnologiyalardan foydalanish sohasi atrofida haqiqatga zid ko‘plab afsonalar tarqalgan. Shunday afsonalardan biri radiasiyaning ta’siri natijasida naslda genetik o‘zgarishlar hosil bo‘lishidir. Tarixda katta miqdordagi radiasiyaning aholiga va tabiatga ta’siri holatlari bo‘lib o‘tgan. Masalan, Chernobil o‘rmonlarida ikki kallali hayvonlar yoki mutantlar yashashi to‘g‘risida afsona mavjud. Yoki Yaponiyada Xirosima va Nagasaki shaharlari bombardimon qilingandan so‘ng genetik o‘zgarishlar bilan bolalar to‘g‘ilayotgani haqida afsona mavjud. Keyingi slaydlardan ko‘rinib turibdiki, Chernobil AESi tark etish zonasida hozirda odamlar yashamaydilar, u yerda hech qanday xo‘jalik faoliyati amalga oshirilmaydi va shu sababli tabiat gullab yashnamoqda. Rasmlardan ko‘rinib turibdiki u yerda hech qanday ikki kallali hayvonlar yashamaydilar. Shuningdek, Keyingi rasmda Yaponiyadagi bombardimonlardan so‘ng yuqori dozadagi nurlanishni olgan ota-onalardan to‘g‘ilgan farzandlarni ko‘rish mumkin va hech qanday genetik o‘zgarishlar mavjud emasligiga ishonch hosil qilish mumkin”. 

Manba: sof. uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!