O‘z jiyanini tunagan o‘g‘ri yoxud sudning qora kursisida aytilgan yettinchi pushaymon...

O‘z jiyanini tunagan o‘g‘ri yoxud sudning qora kursisida aytilgan yettinchi pushaymon...

Jinoyat ishlari bo‘yicha Toshkent shahar sudida 7 marotaba sudlangan Xoshim Karimovga (ism shariflari o‘zgartirilgan) nisbatan e’lon qilingan sud hukmi apellyasiya bosqichida ko‘rib chiqildi.

Jinoyat ishlari bo‘yicha Toshkent shahar Sirg‘ali tuman sudining 2020 yil 10 fevraldagi hukmiga ko‘ra, X.Karimov 2019 yil 6 dekabr kuni, o‘zganing mulkini yashirin ravishda talon-toroj qilish maqsadida, Sirg‘ali tumani, Bog‘zor ko‘chasi, 8-uyda joylashgan jiyani M.Saburovning xonadoniga deraza orqali g‘ayriqonuniy ravishda kirib, xonadon mehmonxonasida bo‘lgan bir dona bahosi 3.200.000 so‘mlik “Samsung” rusumli plazma televizor va bir dona bahosi 1.200.000 so‘mlik “Samsung” rusumli mikroto‘lqinli pechni o‘g‘irlik yo‘li bilan qo‘lga kiritib, jabrlanuvchi M.Saburovga jami bo‘lib 4.400.000 so‘m miqdorda moddiy zarar yetkazib, voqea joyidan yashiringan.

Ajablanarlisi shundaki, 45 yoshni qarshilab, 7 marotaba sudning qora kursisida o‘tirgan sudlanuvchi X.Karimov apellyasiya shikoyatida, voyaga yetmagan farzandlari borligini, oilaviy sharoitini inobatga olishni ro‘kach qilgan. Halol mehnatga bo‘yni egilmagan sudlanuvchining shikoyati Toshkent shahar sudining apellyasiya instansiyasida ko‘rib chiqildi.

Sud sudlanuvchi, jabrlanuvchi va guvohlarning ko‘rsatuvlarini eshitib, dastlabki tergov jarayonida, sudda to‘plangan dalillarni tekshirib va muhokama qilib, jinoyat ishidagi hujjatlarni tahlil qilib, taraflarning muzokarasi va sudlanuvchilarning oxirgi so‘zini tinglab, sudlanuvchini 8 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish to‘g‘risidagi tayinlangan jazoni o‘zgarishsiz, sudlanuvchining shikoyatini qanoatlantirishsiz qoldirdi.

Xamid Shamshiyev,

 jinoyat ishlari bo‘yicha Toshkent shahar sudining sudyasi


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!