"Uy va avtomashinada mening ham ulushim bormi?.."

"Uy va avtomashinada mening ham ulushim bormi?.."

— Turmush o‘rtog‘im yaqinda vafot etdi, men ikkinchi oilasiman, qonuniy nikohdan o‘tganmiz. Birinchi turmushidan qonuniy ajrashgan, 3 nafar farzandi bor. Turmush o‘rtog‘imning nomida  ikki xonali kvartira va avtotransport bor. Ikki xonali kvartirani sotib olishganida birinchi ayoli bilan qonuniy nikohda bo‘lgan. Avtomashinani sotib olganida nikohda bo‘lmagan. Uy va avtomashinada mening ham ulushim bormi?

— Marhumning birinchi navbatdagi merosxo‘rlari tarkibiga uning ota-onasi, turmush o‘rtog‘i va barcha farzandlari kiradi, demak , merosxo‘rlar tarkibiga Siz ham kirasiz. Agar turmush o‘rtog‘ingiz birinchi ayollari bilan ajrashgan bo‘lsa, birinchi ayoli merosxo‘rlar tarkibiga kirmaydi, faqat u ayolning turmush o‘rtog‘ingizdan bo‘lgan farzandlari merosxo‘rlar tarkibiga kiradi.

Yana bir narsaga e’tibor bering, mol-mulklar birinchi ayoli bilan nikohi davomida sotib olingan bo‘lsa, birinchi ayolining mol-mulklarning 1/2 qismiga nisbatan egalik huquqi bor. Birinchi turmushidan bo‘lgan farzandlari  2-xonali kvartiraning onasining ulushi bo‘lgan 1/2 qismiga hamda otasining ulushining 1/2-qismiga da’vo qilishi mumkin. Qolgan qismi barcha merosxo‘rlar o‘rtasida teng bo‘linadi. Sizning  marhumga tegishli avtotransportda ½ -qismida ulushingiz bor.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!