«O‘xshashi yo‘q loyiha». O‘zbekistonga yetti iqlimdan shoir-yozuvchilar keldi

A A A
«O‘xshashi yo‘q loyiha». O‘zbekistonga yetti iqlimdan shoir-yozuvchilar keldi

Bir guruh ko‘ngillilar asos solgan «Yozuvchi/madaniyat xodimi rezidensiyada» dasturi doirasida O‘zbekistonga dunyoning o‘ndan ortiq mamlakatidan ijodkorlar tashrif buyurdi.

24 oktyabrdan 7 noyabrga qadar davom etadigan dastur davomida mehmonlar yurtimiz bo‘ylab mushoira, badiiy o‘qish kechalari, ijodiy uchrashuvlarda qatnashadilar, kutubxona, adabiyot va uy-muzeylari, diqqatga sazovor tarixiy joylarga sayohat qiladilar.

Bu yilgi ijodiy dasturda Yusuke Miyake (Yaponiya), Rashida Ismoiliy (AQSh), Nurduran Duman (Turkiya), Sonya Manoylovich (Xorvatiya), Elis Sun-Kua (Filippin), Anna Lombardo (Italiya), Reshma Ramesh (Hindiston), Aleksis Berno (Fransiya), Neshe Yashin (Kipr) va boshqa ijodkorlar ishtirok etmoqda.

«Haqiqatni va faqat haqiqatni yozing!»

Dunyo ahli manfaatga mukkasidan ketgan, moddiy ne’mat birlamchi o‘ringa chiqqan hozirgi pallada adabiyot, so‘z san’atiga oshno bo‘lish, bu kabi ijodiy dasturlarni amalga oshirish ma’naviy jasorat bo‘lib tuyuladi.

82 yoshni qoralagan Patrishia Bernard – 80 dan ziyod kitob muallifi. Avstraliyalik adiba insoniyat qismati, umr mohiyati kabi azaliy mavzularni o‘ziga xos yo‘sinda badiiy tadqiq etib keladi. Yozuvchi ijodiy bisotida kenja avlod o‘quvchilariga atalgan asarlar ham talaygina. Uning «Darbadar» romani Avstraliyadagi nufuzli «Aurealis» mukofotining «Eng yaxshi roman» nominasiyasiga nomzod asarlar ro‘yxatidan joy olgan.

«Gohida «Endi Adabiyot o‘ladi» degan iddaolarni eshitib qolaman. Albatta, bugun kitob o‘qish urfdan qolgani, mutolaadan begona avlod o‘sib ulg‘ayayotganini inkor etib bo‘lmaydi. Masalan, mening vatanim Avstraliyada ham uyali aloqa telefoni sabab butun bir avlodni boy bermoqdamiz. Mening bolalik kezlarim xonadonlarda telefon apparati yo‘q edi. Har bir ko‘chada telefon budkasi bo‘lar, zarurat tug‘ilsa o‘sha telefondan foydalanar edik. Hozir-chi? Har bir odamning, hatto ona usti og‘zidan ketmagan bolaning qo‘lida telefon! Taraqqiyotga aslo qarshi emasman. Ammo qo‘lingizda «barcha savollarga javob berishga qodir» smartfon bo‘lar ekan, tasavvuringiz g‘ariblashadi, mahdudlashadi», – deydi Patrishia Bernard «Xabar.uz» muxbiri bilan suhbatda.

«O‘xshashi yo‘q loyiha». O‘zbekistonga yetti iqlimdan shoir-yozuvchilar keldi

Patrishia Bernard Abdulla Qodiriy uy-muzeyida.

Unga ko‘ra, hozirgi pallada adabiyot oldidagi asosiy vazifa insoniyat, xususan, yosh avlodda tasavvur salohiyatini qayta uyg‘otish bo‘lib qolmoqda.

«Zamonaviy aloqa vositalari farzandlarimizning tasavvur kuchini yo‘qqa chiqarmoqda. Shu bois hozir ta’lim ham, adabiyot ham bolaning tasavvur hududlarini kengaytirish, taxayyul kuchini oshirishga yo‘naltirilishi kerak», – deydi u.

P.Bernard fikricha, adabiyot jamiyatda yana qayta xaloskorlik, yetakchilik rolini qaytarib olishi mumkin. Buning uchun esa qalam ahli faqat va faqat haqiqatni yozishi talab etiladi.

«Ijod ahli har qanday vaziyatda ham haqiqatni bosh mezon deb bilishi kerak. Dunyoda yanada katta hudud, yanada katta qudratga ega bo‘lish yo‘lida urushlar kechayotgan bizning davrimizda haqiqatga sadoqat, rost so‘zdan chekinmaslik talabi ikki karra oshgan. Odamlarning kitob o‘qimay qo‘ygani, kitob adadi tushib borayotgani kabi muammolarga qaramay, haqiqatdan yozishdan chekinmasligimiz kerak. Ana shunda adabiyot ham qayta tug‘iladi. Ehtimol, bu kechroq ro‘y berar, balki bizga o‘sha yorug‘ kunni ko‘rish nasib etmas. Ammo ijodkor jillaqursa vijdoni qarshisida uyalmaslik uchun ham yolg‘ondan parhez qilishi kerak», – deydi dunyoning yetti iqlimini kezib chiqqan tajribali adiba.

«Xalq puli festivallarga sovurilishiga qarshimiz»

O‘nlab mumtoz va zamonaviy o‘zbek ijodkorlari asarlarini ingliz tiliga tarjima qilib chop ettirgan shoir va tarjimon A’zam Obid «Yozuvchi/madaniyat xodimi rezidensiyada» ijodiy loyihasining asoschisi hamdir.

2018 yil oktyabr oyida tajriba tariqasida joriy etilgan dastur doirasida hozirga qadar o‘nlab davlatlar ijodkorlari yurtimizda mehmon bo‘ldi.

E’tiborga molik jihati, Uzbekistan’s Literature and Art Bridge (O‘zbekistonni dunyo adabiyoti va san’ati bilan bog‘lovchi ko‘prik) deya ramziy nom bilan atalgan dastur byudjet mablag‘larisiz, ko‘ngillilarning himmati evaziga amalga oshirilmoqda. Ishtirokchilar ham mehmonxonada emas, balki o‘zbekistonlik futuvvatli ijodkorlarning uylarida yashashadi.

«Biz davlatdan bir tiyin ham olmaymiz. Zotan, bu – unikal volontyorlik va vatanparvarlik dasturidir. Biz forumlar, konferensiyalar, festivallarga xalq puli sovurilishiga qarshimiz. Biz xalq puli – davlat byudjeti mablag‘lari ta’lim, sog‘liqni saqlash va yaxshi haq to‘lanadigan ish o‘rinlari ochish uchun yo‘naltirilishi lozim deb bilamiz», – deydi loyiha tashabbuskori A’zam Obid.

«O‘xshashi yo‘q loyiha». O‘zbekistonga yetti iqlimdan shoir-yozuvchilar keldi

A’zam Obid mehmon ijodkorlar bilan.

UzLAB tashabbusidan ko‘zlangan maqsad – adabiy, madaniy almashuv, o‘zbekistonlik yozuvchi, shoir, rassom va madaniyat sohasi vakillariga xorijlik hamkasblari bilan muloqot o‘rnatish uchun imkoniyat yaratish, muntazam hamkorlik qilish, ko‘rgazmalar o‘tkazish, kitoblar chop etishdan iboratdir.

«Bir do‘stim ba’zan kattagina mablag‘ sarflab, adabiyot va san’at rivoji uchun qilayotgan shuncha mustaqil harakatingiz, tavsiyalaringiz, har xil dastur va loyihalaringiz kimlargadir yuqyaptimi, deb so‘rayapti. Qisqa javobim bunday: Ha, alhamdulillah, ijodkorlarimizning fikri o‘zgarmoqda, tiniqlashmoqda, zo‘r narsalar yozyapsiz, deb ruhlanmoqda. G‘oyalar, loyihalar rivojlantirilib, davom ettirilsagina muvaffaqiyatlidir. Mitti jussasi bilan ulkan gulxanni o‘chirish uchun bir tomchi suv tashigan chumolini eslangiz. O‘zimni o‘sha chumoliday sezaman goho. Parvardigori Olam har bandasidan uning kuchiga qarab hisob so‘raydi. Mening kuchim yetgani shu. Men jim turmayapman!» – deydi A.Obid.

O‘tgan dasturlar natijasi o‘laroq, yurtimiz adiblarining she’riy va nasriy asarlari xorijiy tillarda dunyo yuzini ko‘rdi. Dunyo matbuotida ham yurtimiz madaniyati, san’ati va adabiyotiga oid maqolalar chop etilmoqda. Vaqt o‘tgan sayin mazkur dastur o‘zbek va jahon adabiyoti o‘rtasida mustahkam ko‘prikka aylanmoqda.

Darvoqe, xorijlik adiblarning yurtimiz bo‘ylab ijodiy safari «Mitti ko‘prik» kanalida yoritib borilmoqda.

Avval xabar berganimizdek, A’zam Obid UzLAB dasturi doirasida Nobel mukofoti sohibi bo‘lgan ijodkorlar – O‘rxon Pomuq, Herta Myuller va Mo Yanni yurtimizga taklif qilgan edi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!

Mashhur aktyor o‘z kvartirasidan o‘lik holda topildi

Унинг энг эсда қоларли ролларидан бири Жим Керри ва Кэмерон Диаз билан бирга суратга тушган "Ниқоб" фильмидаги гангстер Дориан Тирелл роли эди.

FIFA Argentina terma jamoasini 2026 yilgi jahon chempionatidan chetlashtirishi mumkin

Бу ҳақда La Nacion газетаси хабар бермоқда.

DIQQAT! «Damas» va «Labo» haydovchilari ogoh bo‘ling!

Унга кўра, ўтказилган текширувлар натижасида мазкур маҳсулотларнинг сифати амалдаги стандарт талабларига жавоб бермаслиги аниқланган.

Qarshida saunada faoliyat yuritgan fohishaxona aniqlandi

Махсус тадбир пайтида у порaнинг бир қисми ва ашёвий далиллар билан ушланган.

FIFA JCH-2026 qur’asi yuzasidan O‘zbekistonga murojaat qildi

ФИФА матбуот хизмати 2026 йилги жаҳон чемпионати қуръаси натижаларидан кейин Инстаграм орқали Ўзбекистон терма жамоасига мурожаат қилди.

Ming afsus! AQShdagi otishmada o‘zbek talaba halok bo‘ldi

Бу ҳақда Ташқи ишлар вазирлиги расмий вакили маълум қилиб, марҳумнинг оила аъзолари ва яқинларига чуқур ҳамдардлик билдирган.

Messi Bollivud yulduzi Shohrux Xon bilan uchrashdi (foto)

Аргентина терма жамоаси ва "Интер Майами" юлдузи Лионель Месси Ҳиндистонга 3 кунлик ташриф билан келди.

O‘zbekistonlik futbolchi faoliyatini Yevropa klubida davom ettirishga yaqin

Абдуғани Камолов Қирғизистоннинг “Бишкек Сити” клубини тарк этиб, Косово чемпионати вакили билан шартнома имзолаши кутилмоқда. Бу ҳақда Asia-Sport.uz телеграм канали хабар берди.

Slot bilan mojaro yakunlanganidan keyingi dastlabki o‘yindayoq Saloh APL rekordini o‘rnatdi

"Ливерпуль" форварди Муҳаммад Салоҳ АПЛнинг 16-туридан ўрин олган "Брайтон"га қарши ўйинда бир клуб сафида энг кўп голларда иштирок этиш бўйича Англия Премьер-лигаси рекордини ўрнатди.

"Neftchi" bomba transferlar tayyorlamoqda

Суперлиганинг амалдаги чемпиони "Нефтчи" келаси мавсумда ҳам ўз олдига юқори мақсадлар қўймоқда.

2026 yilda oylik, stipendiya, pensiya va nafaqalar oshiriladi

Пенсия тўловларига 86,1 трлн сўм, нафақаларга 14 трлн сўмдан ортиқ маблағ ажратилиши кутилмоқда.

O‘zbekiston bo‘ylab sovuq antisiklon va inversiya uzoqroq davom etadi

Мамлакат ҳудудида кузатилаётган совуқ антициклон таъсири 5 декабрга қадар сақланиб туриши кутилмоқда. Демак, 5 декабрь кунига қадар ёмғирдан дарак йўқ.

Temur Kapadze Indoneziya terma jamoasida qancha maosh oladi?

Ўзбекистон миллий терма жамоаси собиқ бош мураббийи Темур Кападзе Индонезия термасида иш бошлашга яқин турибди.

Fabio Kannavaro Italiya U-17 - O‘zbekiston U-17 o‘yiniga munosabat bildirdi

Ўзбекистон миллий терма жамоаси бош мураббийи Фабио Каннаваро бугунги Ўзбекистон U-17 - Италия U-17 ўйини олдидан ўз Instagram саҳифасига пост жойлади.

Sibirdan Orol dengiziga suv yo‘naltirilishi mumkin

Бу ташаббус “Қуруқлик сув ресурслари” бўйича илмий кенгашининг октябрь ойидаги йиғилишида кўриб чиқилган.

Bekobodda piyodani urib yuborib kanalga tashlagan IIB xodimiga xotini ham yordam bergan

Бекобод шаҳар ИИБ катта тезкор вакили мast ҳолда Nexia’да пиёдани уриб кетиб, жабрланувчига ёрдам кўрсатмаган.

To‘satdan kartangizdan pul yechilsa, hayron bo‘lmang!

ATTO компанияси хабар беришича, 3–4 декабрь кунлари амалга оширилган йўл ҳақи учун кечиктирилган тўловлар тизим томонидан ечиб олина бошлайди. ​Сабаби техник носозликлар бўлиб, баъзи тўловлар аввалроқ ечилмай қолган. ​Қўрқманг! Бу хатолик эмас, фақат ўша кунларда сарфлаган ҳақиқий суммагина ечилади.

Putin ayrim shaxslarning mablag‘larini cheklash to‘g‘risidagi qonunni imzoladi. Ular kimlar?

Ҳукумат Марказий банк билан келишилган ҳолда, оила аъзоларининг ҳар бири учун ойига 10 минг рубль миқдорида лимит белгилаган.

Finlandiya tashvishda: "Agar Ukraina bo‘yicha tinchlik kelishuviga erishilsa..."

Финландия бош вазири Петтери Орпо мамлакат иқтисодиёти жуда ёмон аҳволда эканини, бунинг асосий сабаби Россия томонидан келаётган таҳдидлар билан боғлиқлигини айтди.

Ishonch yoki yuqotish: Donbassning taqdiri nima bo‘ladi?

Сўровномада қатнашганларнинг фақат 9 фоизи Россиянинг босқини 2026 йил бошигача тугайди деб ўйлайди.

Namanganda 23 nafar bolaga noqonuniy diniy ta’lim bergan erkak ushlandi

У диний билимларни ижтимоий тармоқлардаги номаълум манбалардан мустақил ўрганган бўлиб, расмий диний маълумотга эга бўлмаган.

«Qirg‘iziston aeroportlari» beshta xizmatdan chiqqan samolyotni auksionga qo‘ydi

Айни пайтда ушбу самолётлар «Манас» халқаро аэропорти ҳудудида жойлашган.

Kuchli yomg‘ir G‘azodagi “Al-Shifo” shifoxonasi va ko‘chirilganlar chodirlarini suv ostida qoldirdi

Табиий офат натижасида юзлаб чодирлар вайрон бўлган.

Zelenskiy Berlindagi muzokaralardan so‘ng “tinchlik rejasi” bo‘yicha keyingi qadamlarni ochiqladi

Бу учрашув келаси ҳафтанинг охирига қадар бўлиши мумкин.

Ukraina aholisining ko‘pchiligi Donbassni Rossiyaga berishni istamaydi hamda Zelenskiyga ishonadi — Kiyev xalqaro sosiologiya instituti

Институт томонидан ўтказилган сўровнома иштирокчиларининг 72 фоизи қуйидаги шартларни ўз ичига олган тинчлик режасига рози бўлиши мумкинлигини билдирган: урушни ҳозирги фронт чизиғида “музлатиб қўйиш” ва Украина учун хавфсизлик кафолатлари — аммо оккупация қилинган ҳудудларни расман Россияники деб тан олмасдан. 14 фоиз иштирокчи бундай режани ҳам рад этган.

AQShlik mashhur rejissyor Rob Rayner va uning rafiqasi uyida o‘lik holda topildi

АҚШлик машҳур кинорежиссёр Роб Райнер ва унинг турмуш ўртоғи Мишель Райнер Лос-Анжелесдаги ўз уйида ўлик ҳолда топилди.

Germaniya TIV rahbari Rossiyani «NATOga qarshi urushga tayyorgarlik ko‘rishda» aybladi

Германия ташқи ишлар вазири Йоханн Вадефуль Россияни «агрессив ва империалистик сиёсат» юритишда айблаб, Москва НАТОга қарши урушга тайёргарлик кўраётганини билдирди.

Kolumbiyada maktab avtobusi halokatga uchradi

Губернаторнинг сўзларига кўра, ўқувчилар якшанба куни кечқурун пляжда битирув маросимини нишонлаган.

Bekobodda IIB xodimi mashinada odam o‘ldirib qo‘yib, Sirdaryoga oqizib yuborgani aytilmoqda

Бекобод туманида ИИБ Жиноят қидируви бўлими ходими Nexia-3 автомашинасида 43 ёшли пиёдани уриб юбориб, унинг ўлимига сабаб бўлган.

Tramp Vashingtonda g‘alaba arkasi qurilishini e’lon qildi — CNN

АҚШ президентининг айтишича, арка Париждагига ўхшаш кўринишда, лекин ўлчамлари “бошқа аркаларни соясида қолдирадиган” даражада улкан бўлади.

Marokashdagi kuchli suv toshqinlari 37 kishining hayotiga zomin bo‘ldi

14-декабр куни Марокашнинг Сафӣ шаҳрида кучли ёмғирлар оқибатида сув тошқинлари юз берди.

Avstraliya hukumatlari qurol to‘g‘risidagi qonunlarni kuchaytirishni rejalashtirmoqda

Австралия бош вазири Энтони Албанезе Сиднейдаги Бонди-бич соҳилида содир этилган, 15 нафар инсон ҳалок бўлган ҳужумдан сўнг мамлакатда қурол тўғрисидаги қонунларни кучайтириш таклифи билан чиқди.

Los-Anjelesda Rob Rayner uyida ikki kishi o‘lik holda topildi

Лос-Анжелесда голливудлик актёр ва режиссёр Роб Райнерга тегишли уйда бир эркак ва бир аёл ўлик ҳолда топилди, деб хабар бермоқда маҳаллий оммавий ахборот воситалари.

Rossiya Belgiyaning Euroclear kompaniyasidan muzlatilgan aktivlar uchun qariyb 230 milliard dollar talab qilmoqda

Бу ҳақда ТАСС агентлиги хабар берди, деб ёзади «Европача правда».

Sidneydagi terrorchining qo‘lidan avtomatni tortib olgan erkakning ahvoli qanday?

Бироқ шундан сўнг террорчи кўприк томонга қочиб, бошқа қуролдан яна ўқ узишни давом эттирган.

Sidneydagi otishmada ravvin halok bo‘ldi

Полиция ҳужумнинг учинчи эҳтимолий иштирокчисини ҳибсга олди

G‘allaorol va Zafarobodda kelinlik sarpolari MIB tomonidan olib berildi

Аёллар ўзларига тегишли бўлган сарполарни собиқ турмуш ўртоқларининг уйларидан олиб кетишга уринганларида қаршиликка учраганлар.

Sidneydagi otishmani uyushtirganlardan biri pokistonlik muhojirmi?

Исроил ташқи ишлар вазири Гидеон Саар Сиднейдаги теракт сабаб чуқур қайғуда эканини билдирди

Sudanda armiyani qo‘llab ommaviy namoyishlar o‘tkazildi

Суданнинг бир нечта шаҳарларида минглаб одамлар армияни қўллаб кўчаларга чиқди. Бу намойишлар, давлат органлари чақирувига биноан, мамлакатдаги ҳарбий ҳаракатларни қўллаб-қувватлаш мақсадида ташкил этилди.

BMTdagi Falastinaning doimiy vakili: Isroil etnik tozalash va hujumlarni kuchaytirishni davom ettirmoqda

Исроил фаластин халқига нисбатан «ҳужумларнинг кучайиши»ни давом эттирмоқда. Бу жараёнга ишғол қилинган Ғарбий соҳил ҳамда Ғазо секторида ерларни босиб олиш, шунингдек «этник тозалаш» сиёсати ҳам киради.