Kursk viloyatidagi rus askarlariga zarba berildi
Ukraina Milliy xavfsizlik va mudofaa kengashi qoshidagi dezinformasiyaga qarshi kurash markazi rahbari Andrey Kovalenko Rossiya Federasiyasining 810-dengiz piyodalari brigadasiga “muvaffaqiyatli zarba” berilganini e’lon qildi.
“Muvaffaqiyatli zarba berildi. Buning oqibatida Rossiya Federasiyasining 810-brigadasi katta yo‘qotishlarga uchradi”, — deb yozdi u Telegram’da.
Ukrainaning "Janub" ko‘ngillilar armiyasi vakili va Odessa OVAdagi Jamoatchilik kengashi raisi Sergey Bratchukning aytishicha, mahalliy vaqt bilan taxminan 13:30 da Kursk viloyati, Rylskiy tumani, Ivanovskoye qishlog‘ida jangchilar hujum qilgan.
Rossiya Federasiyasining 810-dengiz piyodalari brigadasi asos qilib olingan va video chop etilgan.
Rylskiy tumani ma’muriyatining xabar berishicha, tuman rahbari Andrey Belousov Ivanovskoyega jo‘nab ketgan, rasmiylar telefon orqali vaziyatni izohlashdan bosh tortgan;
Qayd etilishicha, rossiyaliklar mukofotlarni topshirish uchun mahalliy madaniyat markaziga yig‘ilgan. Madaniyat markazidan tashqari, Kursk viloyati gubernatori vazifasini bajaruvchi Aleksandr Xinshteynning so‘zlariga ko‘ra, maktab-internat, pochta bo‘limi, savdo markazi va turar-joy binosi ham zarar ko‘rgan – oynalari singan, devorlari esa parchalar bilan shikastlangan.
26 dekabr kuni ma’lum qilinishicha, 25 dekabr kuni Kursk viloyatining Lgov shahridagi Rossiyaning 810-alohida dengiz piyodalari brigadasi qo‘mondonlik punktiga berilgan zarba natijasida brigada komandiri o‘rinbosari va yana 17 nafar rossiyalik harbiy xizmatchilar halok bo‘lgan.