Aliyev: "Ozarbayjon mening ko‘rsatmam bilan Rossiyaning o‘nta shahri bilan parvozlarni to‘xtatdi"
Boku-Grozniy reysi halokatga uchragach, Ozarbayjon Havo Yo‘llari (AZAL) Rossiyaning yetti shahriga parvozlarni to‘xtatdi, Rossiya aviakompaniyalarining uch shahridan Ozarbayjonga parvozlari ham to‘xtatildi. Bu haqda respublika prezidenti Ilhom Aliyev AzTV telekanaliga bergan intervyusida aytib o‘tdi.
Aliyevning aytishicha, samolyot halokatga uchragach, Rossiya shaharlari bilan aloqani to‘xtatish haqida buyruq bergan. U bu qarorga sabab sifatida "xavfsizlik muammolarini" keltirdi.
Davlat rahbari parvozlar qachon tiklanishi mumkinligiga aniqlik kiritmadi. Shu bilan birga, u Grozniyga parvozlar umuman amalga oshirilmasligini tan oldi.
"Ammo buni hayot ko‘rsatadi va Rossiya havo hududining xavfsizlik masalalari albatta e’tiborga olinadi", - dedi Aliyev.
Ozarbayjon va Rossiyaning Grozniy, Maxachqal’a, Sochi, Mineral Vodi, Vladikavkaz, Nijniy Novgorod, Samara, Saratov, Ufa, Volgograd shaharlari o‘rtasida parvozlar bekor qilindi. Turkmaniston havo yo‘llari, Qozog‘istonning Qazaq Air, FlyDubai va Isroilning El Al aviakompaniyalari ham Rossiyaning ayrim shaharlariga parvozlar to‘xtatilgani haqida avval xabar bergan edik.