Ustiga reklama banneri qulagan "Spark" avtomobili yuzasidan holat o‘rganilmoqda

Ustiga reklama banneri qulagan "Spark" avtomobili yuzasidan holat o‘rganilmoqda

Joriy yilning 8 iyun kuni soat 12:00 larda, Toshkent shahar, Chilonzor tumani, Bunyodkor ko‘chasi, 2-darajali yo‘lda haydovchi, 1989 yilda tug‘ilgan O.I. "Spark" rusumli avtomobilda harakatlanib ketayotgan vaqtida yo‘lning o‘ng tomonida olib borilayotgan demontaj ishlari sabab reklama banneri yo‘l tomonga qulab avtomobilga zarar yetkazgan. Hodisada tan jarohati olganlar yo‘q.

Mazkur hodisa yuzasidan tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib, hozirda Toshkent shahar IIBB YHXB mas’ul xodimlari tomonidan qo‘shimcha surishtiruvlar olib borilmoqda. Holat o‘rganilib, belgilangan tartibda ko‘rib chiqilishi ta’minlanadi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!