Usmonxon Alimov: «Hayit namozi qay tarzda o‘qilishi borasida rasman xabar beriladi»

Usmonxon Alimov: «Hayit namozi qay tarzda o‘qilishi borasida rasman xabar beriladi»

O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Usmonxon Alimov jome masjidlarda Hayit namozi o‘qilishi to‘g‘risida tarqatilayotgan xabarlarga munosabat bildirdi.

Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalayotgan noo‘rin gaplarda hech qanday asos yo‘q. Shu sababli har xil gap-so‘zlarga ishonmang. Masjidlarda jamoat namozlari boshlanishini O‘zbekiston musulmonlari idorasi rasman e’lon qiladi. Ozgina qoldi, shunchasiga sabr qildik. Shu sabrning orqasidan Alloh ko‘p yengilliklarni beryapti.

Oldimizda Ramazon Hayiti kelyapti. Bu borada ham har xil mish-mishlarga ishonmasdan, Hayit namozini o‘qish qanday tarzda bo‘lishi haqida vakolatli idora — O‘zbekiston musulmonlari idorasi xabar beradi  dedi Usmonxon Alimov, muftiy

Shuningdek, muftiy Usmonxon Alimov hozirda 70 dan ortiq qori onlayn tarzda Quroni Karim xatmini o‘tkazayotganini ta’kidlab o‘tgan.

Avvalroq O‘zbekiston musulmonlari idorasi taroveh va juma namozlarini masjidlarda o‘qish boshlanishi haqidagi audioxabar yolg‘on ekanini bildirgan edi.

 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!