Usik yangi chempion!

Usik yangi chempion!

Aleksandr Usik Londondagi «Tottenhem» klubi stadionida kechgan boks oqshomida britaniyalik Entoni Joshuani mag‘lub etib, qachonlardir aka-uka Klichkolarga tegishli bo‘lgan superog‘ir vazn toifasidagi chempionlik qirolligini ukrainlarga qaytarib, o‘z nomini tarixga yozib qo‘ydi.

Usik yangi chempion!

Foto: Getty Images

Superog‘ir vazn toifasida britaniyalik jahon chempioni Entoni Joshua (108,9 kg) ukrainalik da’vogar Oleksandr Usikka (100,3 kg) kutilmaganda mag‘lub bo‘ldi.

12 raund davom etgan jangda Usik hakamlarning yakdil qarori bilan (117-112, 116-112, 115-113) Joshuadan uning barcha to‘rt kamarini - WBA Super, WBO, IBF va IBO kamarlarini tortib oldi. U jangning yakuniy raundida raqibini shunchalik qattiq do‘pposladiki, endi britaniyalik bokschi revanshga chaqirishdan oldin yaxshilab o‘ylab ko‘radigan bo‘ldi.

Usik yangi chempion!

Usik yangi chempion!

Britaniyadagi sport mutaxassislari tan olishicha, Joshua Usikka tezlikda ham, qat’iylikda ham yutqazdi, uni nokaut bo‘lishdan faqat final gongi chalinishi qutqarib qoldi.

«Barcha ko‘rdiki, Usik Joshuadan yaxshiroq jang qildi va ochkolar hisobiga g‘olib deb topildi, u bunday jang olib borishini ko‘pchilik kutmagandi. U yaxshiroq boks tushdi va jang yakunida Joshuani qattiq kaltakladi. Jang yakuni to‘liq Usik nazoratida kechdi. U maqtovlarga loyiq», degan britaniyalik sobiq chempion Karl Froch BBC uchun bergan sharhida.

Jangdan keyin Usik barchasi uning rejasi bo‘yicha ketgani, u raqibni nokaut qilish uchun ringga chiqmaganini aytib o‘tdi. Ukrainalik sportchi juda toliqqanini tan olgan, yanvar oyidan buyon oilasi bilan deyarli ko‘rishmagani va endi tezroq uyga qaytish haqida o‘ylayotganini aytib o‘tgan.

Usik yangi chempion!

Ma’lumot uchun, 2012 yilgi London Olimpiadasida chempion bo‘lgan, 34 yoshli Oleksandr Usik 2013 yildan buyon professional boksda faoliyatini davom ettirib kelmoqda. U oxirgi jangini 2020 yilning oktyabr oyida britaniyalik Derek Chisoraga qarshi o‘tkazib, ochkolar hisobiga ko‘ra g‘alaba qozongan edi. Usik professional boksdagi 19 jangining barchasida g‘alaba qozongan, shundan 13tasida raqiblarni nokautga uchratgan.

London Olimpiadasining yana bir chempioni Joshua uchun bu professional ringda 24 jangdagi ikkinchi mag‘lubiyat bo‘ldi. O‘tgan safar, 2019 yilda amerikalik Endi Ruisga yutqazgandi, ammo britaniyalik Nyu-Yorkda boy berilgan kamarlarini yarim yil o‘tib Saudiya Arabistonida o‘tkazilgan revansh jangida qaytarib olgandi.

Bu safar Usik 12-raundlik jang o‘tkazdi, Joshua revansh jangni tezroq o‘tkazishga harakat qilishi mumkin, deb hisoblaydi Karl Froch. Boshqa bir britaniyalik chempion Entoni Kroll ham uning fikriga qo‘shiladi.

«Bugun u juda o‘zgacha bokschiga yutqazdi. Bundaylar bir avlodda bir uchraydi», deya baho beradi u bu raqiblikka.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!