Usik — Fyuri jangi uchun zaruriy shartlar aytildi

Usik — Fyuri jangi uchun zaruriy shartlar aytildi

Ukrainalik bokschinining promouteri mutlaq chempionlik unvoni uchun kechadigan ehtimoliy jang haqida gapirdi.

"Fyuri bilan jang bu — yaqin kelajakda butun dunyo superog‘ir vaznning mutlaq chempionlik unvoni uchun kechadigan jangni ko‘rishi uchun imkondir.

Ammo bizning oldimizda ko‘p to‘siqlar bor. Joshua bilan majburiy revansh shulardan biri. Fyuri bilan jangni tashkil etish uchun ikki chempionning moliyaviy talablarini qondirish kerak.

Yana bir muammo — Fyurining o‘zi. Unga hech qachon 100 % ishonib bo‘lmaydi. U huddi aktyordek. Uning hayolida nima borligini hech kim bilmaydi.

Lekin men tarixda ilk bor to‘rtta kamar bilan superog‘ir vaznda mutlaq chempion bo‘lish uchun unda kuchli xohish va ambisiya bor, deb o‘ylayman", - deya Krasyukning so‘zlarini keltiradi The Sun.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!