Usik - Fyuri jangi bekor bo‘ldi!

Usik - Fyuri jangi bekor bo‘ldi!

To‘qnashuv moliyaviy kelishmovchiliklar tufayli bekor qilindi.

Aleksandr Usik va Tayson Fyuri o‘rtasida og‘ir vaznda mutlaq jahon chempionligi uchun jang bo‘lib o‘tmaydi, deb xabar berdi Butunjahon boks assosiasiyasi (WA) prezidenti Xilberto Mendoza o‘zining ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida.

Mendozaning so‘zlariga ko‘ra, ukrainalik taklif qilingan summadan norozi bo‘lgan. Dastlab tomonlar 70% ulushni Fyuri, qolgan qismini Usik olishi haqida kelishib olgandilar.

Kecha, 24 mart kuni Eddi Xirn jang ehtimolini 50/50 deb baholadi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Usikning Fyuri bilan jangi 29 aprel kuni bo‘lib o‘tishi xabar qilingandi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!