Ushbu ish haftasida kuchli issiq kutilmaydi

Ushbu ish haftasida kuchli issiq kutilmaydi

Ish haftasi davomida O‘zbekiston hududi bo‘yicha avgust oyi uchun nisbatan qulay ob-havo sharoiti saqlanib turadi. Quruq va biroz issiq ob-havo bo‘lishi kutiladi. Faqat respublikaning ayrim tog‘li hududlarida momaqaldiroqli qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi mumkin.

Havo harorati kunduz kunlari asosan 31-34° atrofida bo‘ladi, bu avgust oyining birinchi yarmi uchun bo‘lgan me’yoriy qiymatlardan biroz pastdir. Faqat haftaning eng oxiriga kelib, harorat 35-38° gacha ko‘tarilishi kutilyapti.

Respublikaning janubida va cho‘l zonalarida ayrim kunlarda ba’zi joylarda shamol 15-20 m/s gacha chang-to‘zonlar bilan kuchayishi kutiladi.

8 avgustda Namangan, Farg‘ona viloyatlarining tog‘ oldi va tog‘li hududlarida sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin, deb xabar beradi O‘zbekiston gidrometeorologiya xizmati markazi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!