Urushlar va iqlim o‘zgarishlari tufayli dunyoda ochlar soni ortyapti

Urushlar va iqlim o‘zgarishlari tufayli dunyoda ochlar soni ortyapti

So‘nggi yillarda urushlar va iqlim o‘zgarishlari tufayli dunyo bo‘yicha ochlar soni qochqinlar soni singari keskin ortdi. Germaniyaning Welthungerhilfe gumanitar tashkiloti bugun e’lon qilgan hisobotda ana shunday deyilgan. 

“Qurg‘oqchilik, suv toshqinlari va bo‘ronlar dalalarni, chorvani yo‘q qilyapti hamda ochlik muammosini kuchaytiryapti. Janubiy mamlakatlar eng avvalo shimoldagi boy mamlakat keltirib chiqargan muammolarning asosiy yukini tashimoqda”, – deydi tashkilot rahbari Marlen Time.

Welthungerhilfe xodimlari ishlayotgan ko‘pgina mamlakatlarda xavfsizlik muammosi tufayli muhtojlarga yordam ko‘rsatishning iloji bo‘lmayapti. 

“Butun boshli mintaqalar jangovar harakatlar tufayli tashqi dunyodan uzilib qolgan, nizolashayotgan tomonlar gumanitar yuklar ortilgan transportning o‘tishiga to‘sqinlik qilyapti. Maktablar va kasalxonalar bombardimon nishoniga aylanyapti”, – deya tushuntirdi Time. 

Welthungerhilfe tashkiloti 2018 yilda dunyoning 37 mamlakatida yuzlab loyihalarni amalga oshirdi.

Asosiy mablag‘ Burundi, Liberiya va Suriyadagi loyihalarga sarflandi.

Manba: azon.uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!