O‘rtoqlik uchrashuvi. "Roma"dan yirik g‘alaba, Shomurodov 10 daqiqa o‘ynadi

O‘rtoqlik uchrashuvi. "Roma"dan yirik g‘alaba, Shomurodov 10 daqiqa o‘ynadi

Rimning “Roma” jamoasi o‘rtoqlik uchrashuvida Doneskning “Shaxtyor” jamoasini 5:0 hisobida mag‘lub etdi.

Italiya klubiga g‘alabani Lorenso Pellegrini, Janluka Manchini, Nikolo Dzanyolo aniolo va Edoardo Bovening gollari hamda Yefim Konoplyaning avtogollari keltirdi.

Boshqa jamoaga o‘tishi kutilayotgan hamyurtimiz Eldor Shomurodov 80-daqiqada Temmi Abraxam o‘rniga zaxiradan o‘yinga qo‘shildi.

"Roma" Italiya – "Shaxter" Ukraina - 5:0 (3:0)

Gol: Pellegrini, 19 - 1:0, Manchini, 41 - 2:0, Konoplya, 45 (avtogol) - 3:0, Dzanyolo, 59 - 4:0, Bove, 87 - 5:0

"Roma": Ruy Patrisiu (Svilar, 46; Boyer, 80), Chelik (Karsdorp, 46), Manchini (Bove, 66), Kumbula (Smolling, 46), Vinya (Rojer, 46), Spinassola (El-Shaaravi, 58), Matich (Kristante, 46), Pellegrini (Tripi, 80), Dzanyolo (Veynaldum, 65), Dibala (Afena-Gyan, 81), Abraxam (Eldor Shomurodov, 80).

"Shaxter": Trubin (Pyatov, 46), Konoplya (Farina, 77), Krivsov (Kozik, 62), Matviyenko (Kiryuxansev, 77), Bondar (Kashuk, 46), Mixaylichenko (Totoviskiy, 46), Mudrik (Topalov, 62), Djurasek (Korniyenko, 46), Sudakov (Ocheretko, 46), Vakula (Bondarenko, 46), Kulakov (Sikan, 46).


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!