Ursula fon der Lyayen Bolgariya-Grek IGB gaz quvurining ishga tushurilishi haqida gapirdi

Ursula fon der Lyayen Bolgariya-Grek IGB gaz quvurining ishga tushurilishi haqida gapirdi

Evrokomissiya rahbari Ursula fon der Lyayen Bolgariyada Bolgariya-Grek IGB gaz quvurining ishga tushurilishini Bolgariya va Janubi-Sharqiy Yevropa uchun yangi davrning boshlanishi deb atadi.

"Avvallari Bolgariya o‘z gazining 80 foizini Rossiyadan olardi. Bu Rossiya Ukrainaga qarshi dahshatli urush va Yevropaga qarshi energetika urushini boshlashidan oldin edi. Endi esa ushbu quvur Bolgariya va Yevropa uchun energiya xavfsizligida o‘yin qoidalarini o‘zgartiradi".

Ma’lumot uchun, ushbu gaz quvuri orqali Bolgariya Ozarbayjondan yiliga 1 milliard kubometr gaz, shuningdek, Gresiyadan suyultirilgan gaz olish imkoniga ega bo‘ladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!