Urganchda OAV muxbirlariga tajovuz qilindimi?

Urganchda OAV muxbirlariga tajovuz qilindimi?

“Qonun doirasida” MCHJning ijtimoiy tarmoqlardagi kanal va sahifalarida e’lon qilingan “Urganchda OAV muxbirlariga tajovuz qilindi” va “Urganch shahar IIO FMB boshlig‘i o‘rganmay imzo qo‘yganmi?” nomli murojaatlari yuzasidan munosabat berildi.

“Qonun doirasida” MCHJ ijtimoiy tarmoqlardagi kanal va sahifalarida “Urganchda OAV muxbirlariga tajovuz qilindi” va “Urganch shahar IIO FMB boshlig‘i o‘rganmay imzo qo‘yganmi?” nomli sarlavhalar ostida o‘zining murojaatlarini e’lon qilgan bo‘lib, ushbu murojaatlarda joriy yilning 19 iyun kuni “Urganch markaziy dehqon bozori”ga tutash hududlarda aholining belgilanmagan joyda savdo qilayotganliklarini yoritish maqsadida ko‘rsatuv tayyorlayotgan “Qonun doirasida” MCHJ xodimlariga sotuvchilar tomonidan qarshilik ko‘rsatilgani va ularning tasvirga olish kameralariga texnik shikast yetkazilgani yuzasidan Urganch shahar IIO FMB tomonidan olib borilgan tergovga qadar tekshiruv yakuni bo‘yicha qabul qilingan qarordan norozi ekanliklarini bayon qilishgan.

Darhaqiqat, yuqoridagi holat yuzasidan Urganch shahar IIO FMB tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilgan bo‘lib, jinoyat alomatlari aniqlanmaganligi sababli, 29.06.2021 yilda O‘zbekiston Respublikasi JPKning 83-moddasi 2-bandiga asosan jinoyat ishi qo‘zg‘atishni rad qilish hamda ma’muriy huquqbuzarlikka oid ish qo‘zg‘atish haqida qaror qabul qilingan. Mazkur qarorga ko‘ra, Urganch tumanida yashovchi fuqaro A.R. (“Qonun doirasida” MCHJ xodimi) va Urganch shahrida yashovchi fuqaro (sotuvchi) I.YA. larga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi MJtKning 183-moddasi (mayda bezorilik), Urganch tumanida yashovchi fuqaro (sotuvchi) O.Q. ga nisbatan esa O‘zbekiston Respublikasi MJtKning 61 prim 2-moddasi (mulkni qasddan nobud qilish yoki unga zarar yetkazish) va 183-moddasi (mayda bezorilik) ga asosan to‘plangan hujjatlar mazmunan ko‘rib chiqishlik uchun Jinoyat ishlari bo‘yicha Urganch shahar sudiga yuborilgan.

“Qonun doirasida” MCHJ rahbariyati va xodimlari Urganch shahar IIO FMB tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruv harakatlaridan norozi bo‘lgan taqdirda, ma’muriy huquqbuzarlikka oid ishni sudda ko‘rish vaqtida o‘zlarining barcha e’tirozlarini keltirish imkoniyatiga ega ekanliklarini bildiramiz", deyiladi Xorazm viloyati IIB bayonotida.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!