Urganch shahrida joylashgan bozor yonib ketdi

Urganch shahrida joylashgan  bozor yonib ketdi

Bugun, 19 iyun kuni Xorazm viloyatining Urganch shahrida joylashgan «Urganch markaziy dehqon bozori»da yong‘in sodir bo‘lib, bozorning yopiq savdo pavilyonidagi savdo rastalarining 200 kv.m. maydoni yonib zarar ko‘rgan.

O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasining xabariga ko‘ra, ko‘rilgan choralar natijasida yong‘in o‘chirilgan.

Hozir surishtiruv ishlari olib borilib, yong‘inning kelib chiqish sabablari aniqlanmoqda.

Manba: sof.uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!