“O‘qituvchilar: maoshimizdan obunaga pul ushlab qolinmoqda”

“O‘qituvchilar: maoshimizdan obunaga pul ushlab qolinmoqda”

Ijtimoiy tarmoq orqali joriy yilning 7 dekabr kuni “O‘qituvchilar: maoshimizdan obunaga pul ushlab qolinmoqda” sarlavhasi ostida xabar tarqalgandi. Farg‘ona viloyat xalq ta’limi boshqarmasi ushbu xabar yuzasidan bayonot berdi.

O‘zbekiston tumani xalq ta’limi bo‘limi tasarrufida 67 ta umumiy o‘rta ta’lim maktablari bo‘lib, ta’lim muassasalarimizda 3253 nafar pedagog xodimlar faoliyat olib boradi.
Ijtimoiy tarmoqda “O‘qituvchilar: maoshimizdan obunaga pul ushlab qolinmoqda” sarlavhasi ostida “Farg‘ona viloyati O‘zbekiston tumani 47-umumiy o‘rta ta’lim maktabi o‘qituvchilari nomidan yozmoqdamiz. Bizni gazeta-jurnallarga obuna bo‘lishga majburlashmoqda. Maoshdan obunaga kim qancha pul o‘tkazishi rahbarlar tomonidan belgilab berildi” xabardagi vajlar o‘z tasdig‘ini topmadi. Chunki tuman xalq ta’limi bo‘limi tomonidan tasarrufdagi ta’lim muassasalari rahbarlariga pedagoglarni  majburiy obunaga jalb etish bo‘yicha yozma yoki og‘zaki topshiriqlar berilmagan.
2020 yil uchun obuna bo‘lish har bir fuqaroning o‘z xohishi. Obuna uchun maktab o‘qituvchilariga majburiy summa belgilanmagan. 
O‘rganish natijasida O‘zbekiston tumani 47-umumiy o‘rta ta’lim maktabi rahbari tomonidan pedagoglarga fan yo‘nalishlari bo‘yicha obuna bo‘lishi ixtiyoriyligi aytib o‘tilganligi ma’lum bo‘ldi.
O‘qituvchilar o‘z sohasiga taalluqli gazeta va jurnallarga ixtiyoriy obuna bo‘lish maqsadida maktab kutubxona mudiridan gazeta va jurnallarning obuna narxlarini so‘raganlar va fanlariga oid gazeta-jurnallarga obuna bo‘lish istagini bildirishgan. O‘qituvchilar iltimosiga binoan maktab kutubxona mudiri oddiy qog‘ozga o‘qituvchilar ismi-sharifini, ular obuna bo‘lish istagini bildirgan gazeta va jurnallarning  ro‘yxati hamda obuna narxlarini axborot uchun yozib qo‘ygan. Aniqlanishicha, bu qog‘ozni hech kim tasdiqlamagan. Bugungi kungacha O‘zbekiston tumanidagi 47-umumiy o‘rta ta’lim maktabi jamoasidan obuna uchun hech qanday mablag‘ ushlanmagan. 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!