Oliy ta’lim, fan va innovasiyalar vazirligi tasarrufidagi OTMlarga uzrli sabablarga asosan o‘qishni ko‘chirishga tavsiya etilganlar ro‘yxati tasdiqlangan.
Vazirlikning ma’lum qilishicha, Prezidentning PQ-279-sonli qarori 7-bandiga muvofiq 2 ta uzrli sababga ko‘ra o‘qishini ko‘chirish istagida bo‘lgan fuqarolarning arizalari ko‘rib chiqilib, Oliy ta’lim, fan va innovasiyalar vazirligi tizimidagi oliy ta’lim muassasalariga 2024/2025-o‘quv yili bahorgi semestrida o‘qishini ko‘chirishga tavsiya etilgan talabalar ro‘yxati yuborilgan.
Shuningdek vazirlik OTMlarga o‘qishi ko‘chirilishini so‘rab murojaat qilgan talabalar oliy ta’lim muassasasining o‘qishni ko‘chirish bo‘yicha mas’ullariga uchrashish (bog‘lanish)lari tavsiya etmoqda.
Ma’lumot o‘rnida, amaldagi tartibga ko‘ra talabalar o‘qishini ko‘chirish va qayta tiklash talabani qabul qilayotgan oliy ta’lim muassasasi bo‘ysunadigan vazirlik (idora) qarori asosida amalga oshiriladi.
Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)
Мутахассиснинг таъкидлашича, сўнгги пайтларда ўзбекистонликлар учун Россия бозорининг жозибадорлиги пасайган, чунки уларнинг ўз ватанида иқтисодиёт ва қурилиш соҳаси жадал ривожланмоқда.