UNESCO Bosh direktori Xo‘ja Ahmad Yassaviy maqbarasini ziyorat qildi

UNESCO Bosh direktori Xo‘ja Ahmad Yassaviy maqbarasini ziyorat qildi

Qozog‘iston Prezidenti Qasim-Jomart Toqayev tashabbusi bilan tashkil etilgan Astana xalqaro forumida ishtirok etish uchun UNESCOning bosh direktori Odre Azule Qozog‘istonga keldi, deya xabar beradi Aqorda.

Tashrif doirasida Odre Azule Turkiston shahriga borib, UNESCOning Butunjahon merosi ro‘yxatiga qozog‘iston ob’ektlari orasida birinchi bo‘lib kiritilgan Xo‘ja Ahmad Yassaviy maqbarasini ziyorat qildi.

Inshootni ko‘zdan kechirish chog‘ida Davlat maslahatchisi, UNESCO va ICESCO ishlari bo‘yicha Milliy komissiya raisi Yerlan Qarin xalqaro tashkilot rahbariga maqbarani asrab-avaylash bo‘yicha olib borilayotgan ishlar haqida so‘zlab berdi.

Odre Azule Qozog‘iston tomonidan tarixiy-madaniy merosni asrab-avaylash bo‘yicha ko‘rilayotgan chora-tadbirlar haqidagi ma’lumotlarni katta qiziqish bilan tingladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!