O‘n besh milliardan ortiq mablag‘ iste’molchilarga qaytarildi

O‘n besh milliardan ortiq mablag‘ iste’molchilarga qaytarildi

O‘zbekiston iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federasiya tomonidan iste’molchilarning murojaatlari bilan ishlash, ularning qonuniy huquq va manfaatlarini himoya qilish yo‘nalishida Federasiya va uning hududiy tuzilmalari hamda tuman, shahar jamiyatlariga 2022 yilning birinchi yarim yilligi davomida fuqaro (iste’molchi)lardan jami 5 472 ta murojaatlar kelib tushgan bo‘lib, ushbu murojaatlarning 3 558 tasi og‘zaki, 1 100 tasi yozma, 814 tasi esa elektron shaklda yuborilgan.

Mazkur ariza va shikoyatlarning 4 989 tasi ya’ni, 91,2 % ijobiy hal etilishi natijasida iste’molchilar foydasiga jami 15 056 818 091 (o‘n besh milliard ellik olti million sakkiz yuz o‘n sakkiz ming to‘qson bir) so‘m yetkazilgan zarar qayta hisob-kitob qilib berilishiga erishildi.

2022 yilning birinchi yarim yilligi davomida Federasiya va uning hududiy bo‘linmalariga fuqarolar tomonidan qilingan murojaatlar sohalar kesimida tahlil qilinganda, iste’molchilardan kelib tushgan murojaatlarning
2 133 tasi (39,0%) savdo sohasiga,
758 tasi (13,9%) gaz ta’minoti sohasiga,
412 tasi (7,5%) elektr ta’minoti sohasiga,
258 tasi (4,7%) suv ta’minoti sohasiga,
185 tasi (3,4%) kommunal xizmat sohasiga,
84 tasi (1,5%) sog‘liqni saqlash sohasiga,
295 tasi (5,4%) xizmat ko‘rsatish (servis) sohasiga,
214 tasi (3,9%) transport sohasiga,
178 tasi (3,3%) aloqa (va internet) sohasiga,
955 tasi (17,5%) esa boshqa sohalarga to‘g‘ri kelishini ko‘rishimiz mumkin.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!