Ummon Rossiyadan kelayotgan sayyohlar sonining bir necha barobar ortishiga umid qilmoqda

Ummon Rossiyadan kelayotgan sayyohlar sonining bir necha barobar ortishiga umid qilmoqda

Ummon 2024 yilda Rossiyadan 2023 yilga nisbatan to‘rt baravar ko‘p sayyohlarni qabul qilishga tayyorlanmoqda, shuningdek, rus tilida so‘zlashuvchi mehmonxona xodimlari va gidlarni jalb qilmoqda, dedi Ummon turizm vaziri o‘rinbosari Azzan Qosim Muhammad al-Busaidiy.

RIA Novosti bilan suhbatda al-Busaydiy 2022 yilga nisbatan 2023 yilda 30 foizga o‘sganini va ularning soni 20 ming kishini tashkil etganini aytdi. Ummon tarixiy joylar va diqqatga sazovor joylarga sayohatlar va plyaj dasturini taklif qilmoqchi. Turizmni yanada rivojlantirish uchun Ummon va Rossiyaning Moskva va Sankt-Peterburg shaharlari o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri aviaqatnovlarni yo‘lga qo‘yish taklif qilinmoqda.

2022 yilda Rossiya qo‘shinlari Ukrainaga to‘liq miqyosda bostirib kirganidan so‘ng, G‘arb davlatlari ko‘plab ruslar uchun yopiq edi. Turistlar oqimi asosan Osiyoga yo‘naltirildi. Yangi yo‘nalishlar, jumladan Ummon ham rivojlana boshladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!