Ulug‘bek Qodirov yana bir filmda bosh rolni ijro etmoqda

A A A
Ulug‘bek Qodirov yana bir filmda bosh rolni ijro etmoqda

Bugun Farg‘onada O‘zbekiston Kinematografiya agentligi va “Belarusfilm” kinostudiyasi hamkorligida o‘zining jasorati va vatanparvarligi bilan mashhur bo‘lgan Ulug‘ Vatan urushi qahramoniga bag‘ishlangan filmning suratga olish ishlari boshlandi. Farg‘ona bo‘lib o‘tgan an’anaviy “likopcha sindirish” marosimiga “Belarusfilm” kinostudiyasi bosh direktori Vladimir Karachevskiy, agentlik bosh direktori Firdavs Abduxoliqov, suratga olish guruhlari a’zolari va kinoijodkorlar jamoasi tashrif buyurdi.

– Hozirgi kunda dunyo bilan kino tilida gaplashish, qadriyatlar, katta va do‘stona oilamiz haqida, qarindosh-urug‘ va do‘stlarga hurmat va ehtirom, chinakam sadoqat haqida gapirish juda muhim. “Osiyo arsloni” filmi qahramoni Mamadali Topvoldiyev nafaqat o‘zbek, balki belarus xalqining ham qahramoni hisoblanadi.

Ushbu film do‘stlik, hayot uchun kurash, o‘zgalarni hayotini saqlash va fidoyilik haqida hikoya qiladi”, — dedi “Belarusfilm” bosh direktori Vladimir Karachevskiy.

O‘zbek va Belarus kinematografi tomonidan teng ulushlarda moliyalashtirilayotgan film Farg‘ona viloyatida tug‘ilgan, urushda partizan razvedkachisi sifatida ishtirok etgan Sovet Ittifoqi Qahramoni Mamadali Topvoldiyev (Belarus partizanlari uni “Kazbek” deb atashgan) haqida hikoya qiladi. Filmga “Men terrorchi emasman” filmi bilan tanilgan Muxammadali Iskandarov rejissyorlik qiladi.

– Bugun Farg‘ona shahrida O‘zbekiston Kinematografiya agentligi va “Belarusfilm” kinokompaniyasi hamkorligidagi “Osiyo arsloni” (tahr. – avvalgi nomi “Kazbek”) filmining suratga olish ishlari boshlandi, – deya izoh berdi Firdavs Abduxoliqov. – Davlatimiz rahbari kinoijodkorlar oldiga xalq qahramonlari obrazlarini kinoda abadiylashtirish vazifasini qo‘ymoqda.

Mamadali Topvoldiyev esa xalqimizning haqiqiy milliy qahramoni. O‘zingiz hulosa qiling: M. Topvoldiyev asirga tushib, qochib ketadi va partizanlar safiga qabul qilinadi. U ko‘priklar va yo‘llarni minalaydi, dushmanning 19 ta eshelonini relsdan chiqarib yuboradi, fashistlar Germaniyasiga aqlga sig‘maydigan zarar yetkazadi va ularni dahshatga soladi. Qo‘l jangida u 76 fashistni yo‘q qiladi, bitta nemis generalini va g‘alaba uchun qimmatli ma’lumotlarni taqdim etgan juda ko‘p ofiserlarni asirga oladi. Nasistlar Kazbekning boshi uchun 50 ming reyxsmarka va’da qilishadi! Uning nomi bilan bog‘liq bir nechta hikoyalar mavjud. Har bir operasiyadan keyin u daraxtga xanjar bilan Kazbek nomini o‘yib yozib qoldirardi, shu tarzda u o‘z izini qoldirgan va nemislarni qo‘rquvda ushlab turgan. Mamadali Topvoldiyevning xizmatdoshlari uni Kavkazdagi ulug‘vor tog‘ga qiyoslab, Kazbek deb atashgan, nemislar esa Osiyo arsloni nomini berishgan. 1944 yilda Stalin unga “Sovet Ittifoqi Qahramoni” unvonini bergan. Ushbu kinoloyihani amalga oshirishda ko‘rsatayotgan yordami uchun O‘zbekiston hukumatiga minnatdorchilik bildiramiz».

“O‘zbekfilm” kinokonserni direktori Bahodir Odilovning ma’lumot berishicha, bosh rolga Ulug‘bek Qodirovning tanlanishi bejiz emas. “Biz aktyorni AQShdaligida taklif qilgan edik. U rol ustida sinchkovlik bilan ishlashda davom etmoqda va hatto 25 kilogramm tashlashga muvaffaq bo‘ldi. O‘zbekiston yoshlari uni yaxshi ko‘radi va u qahramon obrazini munosib gavdalantira oladi, deb umid qilamiz. Film loyihasini moliyalashtirish uchun 2 million AQSh dollari miqdorida mablag‘ jalb etildi. Kinematografiya agentligi va Belarusfilm xarajatlarni teng ulushda qoplaydi. Farg‘ona viloyati hokimligi ham munosib hissasi bilan loyihani qo‘llab-quvvatlaydi degan umiddamiz, – deydi B.Odilov.

“Uzbechka” va “Osiyo arsloni” loyihalarini amalga oshirish bo‘yicha kelishuvlar o‘tgan yilning kuzida Minskda o‘tkazilgan “Listopad” kinofestivalida tuzilgan edi, ta’kidlab o‘tish lozimki, mazkur kinofestivalda O‘zbekistonning “Ilhaq” filmi bosh sovrinni qo‘lga kiritgan edi.

Film realistik jangovar sahnalar, kinoxronikalar va chuqur emosionallik bilan tomoshabinlarni xursand qilishni va’da qiladi.

Shohida Ismoilova, aktrisa: «Tasvirga olish muhiti menga juda ma’qul keldi. Uy esa o‘sha muhitni eslatayapti. O‘zimni shu davrdagidek xis qilayapman. Liboslar, uning rangi taqinchoqlargacha alohida ahamiyat qaratishgan. Rosti samimiy vodiy xalqi, ularning shirin so‘zlari menga ilhom bag‘ishlamoqda. Men tarixi filmda tasvirga tushayotganimdan shodman».

Tesha Mo‘minov, O‘zbekiston xalq artisti: «Tarixiy filmda obrazni jonlatirishning o‘z yuki bor. Rolga kirishdan avval rosti shu yukni xis qildim. Urush va uning kechinmalari asarda yoritilayapti. Filmdagi voqeliklarni hammasini oshkor qila olmayman. Tomoshabin kutsin, yana bir tarixiy asar yaratilayapti. Asar yaratilganda ham chinakam qahramon hayoti».

Karim Mirxodiyev, O‘zbekiston xizmat ko‘rsangan artisti: «Qisqa so‘zlamoqchiman. Filmda Mamadali Topvoldiyevning otasi obrazini yaratayapman. Eng og‘ir sahna bu men uchun farzandini urushga jo‘natayotgan ota. Boshiga do‘ppi kiydirib millatni, mamlakatni, oilani unutma degan ramzi bor».

Ulug‘bek Qodirov, aktyor, bosh rol ijrochisi: «Topvoldiyev rolini ijro etayapman. Mamlakatimizning chinakkam qahramoni. Obrazni his qila boshladim. Qiziq bir gapni aytmoqchiman. Shu obraz uchun 25 kilogrammdan ko‘proq vazn tashlashimga to‘g‘ri keldi. Ozishga rozi bo‘lganim va ozganim bu obrazni yaratishni istaganimni bildiradi. Bu haqda ko‘p gapirmayman film haqiqiy tarixiy asar bo‘ladi».

Muhammadali Iskandarov, rejissyor: «Avvallari tarixiy klip suratga olganman. Tarixiy filmga birinchi marotaba qo‘l urishim. Film yaratishga ruhan o‘zimni tayyorlab mana bugun birinchi tasvirga olish ishlarini boshladik. Filmga o‘zbek va belaruslik ijodkorlar hamkorlikda mualliflik qilishmoqda. Asarda haqiqiy o‘zbek o‘g‘loni hayoti yoritiladi. Asriy an’analarini asrashga bel bog‘lagan o‘g‘lon. Ikki mamlakat ijodkorlari bir maqsadda Mamadali ota hayotini yoritishga kirishdik».

Bugun esa ona yurti Farg‘ona vodiysining Zohidon shahrida Mamadali Topivoldiyev nomidagi muzey ochildi. Muzeyning ochilish marosimida viloyat hokimi Xayrullo Bozorov ham ishtirok etdi.

Quyida kinoloyihaning suratga olish maydonidan tayyorlangan beksteyjni e’tiboringizga havola qilmoqchimiz.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!

Millioner! Husanov “Siti”da jami qancha maosh oladi?

Франциянинг L’Équipe спорт нашри Англия Премьер-лигасидаги энг юқори маош олувчи 5 нафар футболчидан иборат рейтингни эълон қилди.

Evropa Ukrainadan voz kechib, Rossiya bilan hamkorlik qilishga harakat qilmoqda

Бу ҳақда Германиянинг Berliner Zeitung газетаси хабар берди

JCH-2026ni o‘tkazib yuboradigan eng qimmat futbolchilar reytingi tuzildi

Transfermarkt мутахассислари ўзига хос рейтингини эълон қилишди.

Eron: "Islom inqilobi qo‘riqchilari korpusi tajovuzkor AQShning USS Abraham Lincoln aviatashuvchi kemasiga zarba berdi"

Бу ҳақда Эрон Ислом инқилоби қўриқчилари корпуси матбуот хизмати маълум қилди.

Trampning bosimi ostida qolgan Saudiya Arabistoni shahzodasi Putin bilan suhbatlashdi

Бу ҳақда Россия ОАВлари Кремль матбуот хизматига таяниб хабар бермоқда.

AQSh va Isroil Eronga gumanitar yordam olib ketayotgan samolyotni urib tushirdi

Бу ҳақда Эрон фуқаролик авиацияси ташкилоти баёнот берди.

Hormuz bo‘g‘ozida Amerika qiruvchi samolyoti urib tushirildi

Бу ҳақда ISNA агентлиги Эрон Ислом инқилоби қўриқчилари корпусига таяниб хабар берди.

Pep Gvardiola Yevropaning grand terma jamoasini qabul qilib olishi mumkin

Италия терма жамоаси навбатдаги бор Жаҳон чемпионатидан қуруқ қолганидан сўнг янги мураббий тайинлашга тайёргарлик кўрмоқда.

Misr kemasi Rossiyaning "Arktik Metagaz" gaz tashuvchisini tortib olayotgani xabar qilindi

Ливия Фавқулодда вазиятлар қўмитаси маълумотига кўра, кема ҳозирда қирғоқдан 62 мил узоқликда жойлашган.

Mirshaymerning keskin bayonoti: «Tramp va Netanyaxu Nyurnbergda osilgan bo‘lar edi»

Агар Нюрнберг суд жараёнлари бугун ўтказилганида, АҚШ президенти Дональд Трамп ва Исроил бош вазири Биньямин Нетаньяху қатл этилган бўлар эди.

Eronda bir baqqol do‘koni oynasida shunday yozuv ilgan:

«Бу хаёлий маҳсулот эмас. Агар эҳтиёжинг бўлса, ол — урушдан кейин тўлайсан.»

Qadr kechasi qaysi kunga to‘g‘ri keladi?

Рамазон ойининг охирги 10 кунлиги бошланди.

Eronda 19 yoshli sportchi dorga osib qatl etildi

19 ёшли Солиҳ Муҳаммадий — Эрон ёшлар терма жамоаси аъзоси ва 2024 йил халқаро мусобақалар совриндори — яна икки йигит билан бирга дорга осиб қатл этилди.

Erling Xoland o‘ziga yangi jamoa tanladi

Бу ҳақда Football365 портали журналистлари хабар бермоқда.

Eron musulmon davlatlariga chaqiriq bilan chiqdi

Эрон Олий Миллий Хавфсизлик Кенгаши котиби Али Ларижоний АҚШ ва Исроил ҳужуми бошланганидан бери ҳеч бир мусулмон давлати Эронга ёрдам бермаганини айтди.

Erondan Isroilga raketalar to‘lqini otildi

Бу ҳақда Исроил армияси матбуот котиби маълум қилди.

O‘zbekiston taklifni qabul qilmagan mashhur murabbiy mundialga boshqa termani olib boradi

Ўтган йили Ўзбекистон миллий терма жамоаси бошқаришга таклиф этилган машҳур немис мутахассиси Йоахим Лёв барибир жаҳон чемпионатига бориш имкониятига эга бўлди.

Tramp Eron tomonidan urib tushirilgan samolyot haqida fikr bildirdi

Бу ҳақда NBC News нашри хабар бермоқда.

Buyuk Britaniyada 14 million dollarlik lotereya yutib olgan shaxs yutuqlarini qo‘lga kirita olmadi

Бу ҳақда ўйинни ўтказган миллий лотерея оператори Allwyn хабар берди.

Eron tomonidan urib tushirilgan AQSh F-15 samolyotining ekipaj a’zolaridan biri qutqarib olindi

Бу ҳақда CBS News америкалик расмийларга таяниб хабар берди.

Бу можаро бошланганидан буён тўртинчиси

АҚШда 2020 йилда ҳалок бўлган генерал Қосим Сулаймонийнинг қариндошлари — жияни ва унинг қизи ҳибсга олингани хабар қилинди.

AQSh Eron bilan urushda 13 harbiy xizmatchidan ayrilgan, 365 nafari esa yaralangan

Пентагон маълумотига кўра, Эронга қарши ҳарбий ҳаракатларда энг кўп талафотни қуруқлик қўшинлари берган.

Germaniyadagi qonun o‘zgarishi Ukrainacha safarbarlikka olib kelishi mumkin

Германияда ҳарбий хизматга оид қонунга киритилган ўзгаришлар жамиятда баҳс-мунозараларга сабаб бўлмоқда.

Donald Tramp Eronga 48 soat berdi: “shundan so‘ng do‘zaxni ochamiz”

АҚШ президенти Дональд Трамп Эронга Яқин Шарқ келишуви бўйича АҚШ шартларини қабул қилиш учун 48 соат муддат берганини маълум қилди.

Venada Rossiyaga qarshi sanksiyalarga qarshi miting o‘tdi

Намойишда бир неча юз киши иштирок этган.

Donald Tramp Eron operasiyasi tufayli qiyin vaziyatga tushdi

Истеъфодаги америкалик дипломат Жим Жатраснинг фикрича, АҚШ президенти Дональд Трамп Эронга қарши операция сабаб мураккаб сиёсий вазиятда қолган.

Germaniyada niqobli shaxs poyezd yo‘lovchilariga hujum qildi

Йўловчилардан бири ҳужумчини ҳожатхонага қамаб қўйишга муваффақ бўлган. Полиция жиноятчини Бонн/Зигбург вокзалида қўлга олди.

Rossiyada yo‘lovchi poyezdining yettita vagoni relsdan chiqib ketdi

Челябинск вилояти губернатори Алексей Текслернинг аниқлик киритишича, икки йўловчи оғир тан жароҳати олган, яна 20 киши ҳам енгил жароҳатланган.

"Abadiyat belgilar: Ramzlarda turkiy olam” hujjatli filmi e’lon qilindi (VIDEO)

Фильм Туркий маданият ва мерос жамғармаси томонидан ишлаб чиқарилган бўлиб, энди TurkDiscovery YouTube платформасида томоша қилиш учун тақдим этилди.

Toshkentda zilzila sodir bo‘ldi

Тожикистонда 10 км чуқурликда 5.5 магнитудали зилзила қайд этилди.

Marokash giyohvand moddalar karteliga tegishli yer osti tunneli Ispaniyada topildi

Операцияда 250 га яқин полиция ходими иштирок этди. Натижада 27 киши ҳибсга олинди, 17 тоннадан ортиқ гашиш ва 88 килограмм кокаин мусодара қилинди.

Donald Tramp Eronga yangi tahdid yubordi: “Kelishuvga erishmasangiz, hech narsa qolmaydi”

Бу таҳдид Трампнинг Truth Social аккаунтида эълон қилинди.

Donald Tramp ijtimoiy dasturlarni qisqartirish orqali harbiy xarajatlarni yirik miqdorda oshirishga tayyorgarlik ko‘rmoqda — Bloomberg

Агентликнинг хабар беришича, АҚШнинг 2027 йилги бюджетида асосий эътибор мудофаа соҳасини кенг кўламда кучайтиришга қаратилади.

AQSh va Isroil havo hujumi Tehron yaqinidagi Karaj shahrida qurilayotgan B1 ko‘prigini qisman vayron qildi

Кўприк минтақани Эрон пойтахти билан боғлайдиган йирик автомагистралнинг бир қисми бўлиши режалаштирилган эди.

Xitoyda yangi xavfli virus tarqalmoqda

Хитойда илк бор ўта хавфли SAT1 туридаги вирус штамми аниқланди — касаллик Россиянинг чегара ҳудудларида тарқалмоқда.

Eron qat’iy ogohlantirdi: AQSh va Isroil taslim bo‘lmas ekan, urush to‘xtamaydi

Эрон расмийлари АҚШ ва Исроил ҳали таслим бўлмагани ҳолда, Теҳронда олиб борилаётган ҳарбий кампания тўхтамаслигини эълон қилди.

Ukraina terrorni eksport qila boshladi...

Яқинда Ҳиндистонда олти украиналик ва битта америкалик ҳибсга олинган эди.

Tehronda vayronagarchilik: 46 mingdan ortiq binoga zarar yetdi

АҚШ ва Исроилнинг 28 февралдан 2 апрелгача бўлган ҳаво ҳужумлари натижасида Теҳронда 46 437 та турар-жой ва тижорат бинолари зарар кўрди.

Donald Tramp va NATO o‘rtasida ziddiyat: respublikachilar qarshi chiqmoqda

АҚШдаги республикачи сиёсатчилар Дональд Трампнинг мамлакатни НАТОдан чиқариш эҳтимолига қарши чиқмоқда.