Ukrainaning eng kuchli va eng tezkor brigadalaridan biri Rossiyaga bostirib kirishga qo‘shildi

Ukrainaning eng kuchli va eng tezkor brigadalaridan biri Rossiyaga bostirib kirishga qo‘shildi

Ukrainaning Rossiyaga kutilmagan hujumining uchinchi kunida Rossiya janubidagi Kursk viloyatiga zirhli texnikalar kolonnasi kirib kelayotgani Ukrainaning eng yaxshi jihozlangan va eng tez harakatlanuvchi brigadalaridan biri: 80-havo hujumi brigadasining ishtirokini tasdiqladi.

Payshanba kuni ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan videoda T-64BV yoki T-80BV tanki, UR-77 minadan tozalash mashinalari, IMR-2 muhandislik mashinasi, shuningdek, BTR-80 va AQShda ishlab chiqarilgan Stryker g‘ildirakli zirhli transportyorlari o‘tib ketayotgani tasvirlangan. Barcha transport vositalari dronga qarshi panjaralar bilan zirhlangan. Piyoda askarlar BTR-80 tepasiga to‘plangan.

Faqatgina 80-havo hujumi brigadasi sobiq sovet va sobiq amerika mashinalarini boshqaradi.

Ukrainaning eng yaxshi brigadalaridan biri bo‘lgan 80-havo hujumi brigadasining hujumdagi ishtiroki Ukraina amaliyotining ko‘lamini ko‘rsatadi.

Rossiya Ukrainaga qarshi urushni kengaytirganidan beri 29 oy ichida ukrainaparast jangchilar Rossiya janubiga chegaradan o‘tib, ko‘plab reydlar uyushtirgan. Ammo bu reydlar kichik miqyosda va cheklangan edi va hech qachon bir necha kundan ortiq davom etmagan. Ular Rossiya rahbarlarini sharmanda qilish uchun qilingan.

Seshanba kuni boshlangan Ukraina operasiyasi boshqacha. Har birida 2000 nafargacha askardan iborat kamida uchta brigada qatnashnoqda: 22 va 88-mexanizasiyalashgan brigadalar va 80-havo hujumi brigadasi. Artilleriya, uchuvchisiz samolyotlar va havo mudofaasi muhim yordamchi rollarni o‘ynaydi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!