Ukrainaning barcha universitetlarida rus tilini taqiqlash taklif qilindi

Ukrainaning barcha universitetlarida rus tilini taqiqlash taklif qilindi

Ukrainaning Davlat tilini himoya qilish bo‘yicha komissari Taras Kremin Kiyev-Mogila akademiyasida joriy etilgan rus tilida shaxslararo muloqotni taqiqlash amaliyotini mamlakatdagi boshqa oliy o‘quv yurtlarida ham qo‘llash kerak, deb hisoblaydi.

Kremin, shuningdek, mamlakat ta’lim muassasalarida davlat tilini himoya qilish bo‘yicha komissar lavozimini joriy etish zarurligini ta’kidladi.

27 yanvar kuni Kiyev-Mogila akademiyasi ma’muriyati shaxslararo muloqotda rus tilidan foydalanishni rasman taqiqladi. Ukrainadagi eng qadimiy va nufuzli universitetlardan biri hisoblangan universitetning o‘zgartirilgan ichki tartib-qoidalariga ko‘ra, bu o‘qituvchilar, talabalar va ma’muriy xodimlarga tegishli.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!