Ukrainaga urush uchun yuborilgan Rossiya fuqarolari qochib ketdi

Ukrainaga urush uchun yuborilgan Rossiya fuqarolari qochib ketdi

Sakkiz nafar safarbar qilingan rossiyalik fuqarolar Ukrainadagi jangovar hududdan qochib ketdi. Ular Rossiyaning Moskva viloyati Podolsk shahriga borgan va taslim bo‘lgan. Qochoqlar harbiy prokuraturaga topshirilgan.

Ukrainadan qochgan safarbar etilganlar Kaliningrad viloyatiga chaqirilgan, deb xabar berdi Mash Telegram kanali.

"26 dekabr kuni kechqurun Podolsk polisiya bo‘limiga 20 yoshdan 44 yoshgacha bo‘lgan 8 nafar erkak qurollarini topshirmoqchi ekanliklarini aytib, avtomatlar bilan kelishgan. Keyinchalik ma’lum bo‘lishicha, bo‘limga kelganlarning deyarli barchasi Kaliningrad viloyatiga safarbar qilingan va mashg‘ulotlardan so‘ng Luganskka jo‘natilgan”, — deyiladi telekanal xabarida.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!