Ukrainadagi urush davomida 15 mingdan ortiq odam bedarak yo‘qolgan

Ukrainadagi urush davomida 15 mingdan ortiq odam bedarak yo‘qolgan

Ukrainadagi urush davomida 15 mingdan ortiq odam bedarak yo‘qolgan, dedi Yo‘qolganlar bo‘yicha xalqaro komissiya matbuot kotibi Metyu Xollidey.

"15 000 kishidan iborat ko‘rsatkich konservativdir, rasmiylar birgina Mariupolning o‘zida 25 000 ga yaqin odam halok bo‘lgan yoki bedarak yo‘qolgan deb hisoblaydi”, — deya xabar beradi Reuters.

Shuningdek, Xollideyning so‘zlariga ko‘ra, harbiy harakatlar to‘xtatilgandan keyin ham tergovlar ko‘p yillar davom etishi mumkin.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!