Ukrainadagi harbiy amaliyotlarga Suriyadagi urush tajribasiga ega general javobgar bo‘ladi

Ukrainadagi harbiy amaliyotlarga Suriyadagi urush tajribasiga ega general javobgar bo‘ladi

BBC manbalari Rossiya Ukrainadagi operasiyalar qo‘mondonligini qayta tashkil etganini aytmoqda. Endi ularni Janubiy harbiy okrug qo‘mondoni, Suriyadagi jangovar harakatlarda katta tajribaga ega general Aleksandr Dvornikov boshqaradi.

BBC manbasiga ko‘ra, 24 fevral kuni Ukrainaga bostirib kirgan rossiyalik harbiy qismlarining o‘zaro muvofiqlashtirish ishlari juda yomon tashkillashtirilgan. Dvornikov Rossiyaning Suriyadagi operasiyalari bo‘yicha katta tajribaga ega, bundan keyin Rossiyaning umumiy nazorat ishlari yaxshilanishi kutilmoqda.

Shuningdek, BBC manbasi muzokaralar harbiy amaliyotlardan ustun bo‘lishi mumkinligini ta’kidladi, buning uchun Kreml 9 may arafasida aholiga qandaydir yutuqlar haqida xabar berishi kerak bo‘ladi.

Bi-bi-si manbasiga ko‘ra, agar Rossiya shu paytgacha qo‘shinlarning jang maydonida sezilarli muvaffaqiyatlarga erishishiga to‘sqinlik qilgan harbiy taktikani o‘zgartirmasa, u holda ukrainalik qo‘shinlar soni jihatidan orqada bo‘lgan taqdirda ham Rossiyaga qarshi samaraliroq kurasha oladi, chunki ular ancha oqilona harakat qiladilar, ular ko‘proq manevrli va kutilmagan zarbalar berishga qodir.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!