Ukrainada rus tili va rus adabiyoti maktab o‘quv dasturidan olib tashlandi

Ukrainada rus tili va rus adabiyoti maktab o‘quv dasturidan olib tashlandi

Ukraina Ta’lim va fan vazirligi rossiyalik va belaruslik mualliflarning asarlari xorijiy adabiyot bo‘yicha maktab o‘quv dasturidan olib tashlanganini ma’lum qildi.

Uning o‘rniga maktab o‘quv dasturiga "adabiy jarayonga mos va o‘quvchilarning yosh xususiyatlarini hisobga olgan holda" boshqa xorijiy yozuvchilarning asarlari kiritildi. Ular orasida O. Genri, Jan de La Fonten, Anna Gavalda, Olaf Stark va boshqalar bor.

"Xorijiy adabiyot" maktab kursida "rus tilida yozgan, lekin hayoti va faoliyati Ukraina bilan chambarchas bog‘liq bo‘lgan yozuvchilarning asarlari" qoldirildi. Masalan, Bulgakov, Korolenko va Gogol.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!