Ukraina Qurolli Kuchlari Bosh shtabi: to‘qnashuv chizig‘i bo‘ylab o‘q otish va pozision janglar olib borilmoqda

Ukraina Qurolli Kuchlari Bosh shtabi: to‘qnashuv chizig‘i bo‘ylab o‘q otish va pozision janglar olib borilmoqda

Oxirgi 24 soat ichida Rossiya qo‘shinlari to‘qnashuv chizig‘i bo‘ylab Ukraina pozisiyalariga 13 marta havo hujumi, Dnepr va Zaporojye shaharlari, Zaporojye viloyatining Zarechnoye aholi punkti va Donesk viloyatining Konstantinovka shahrida tinch aholi nishonlariga 4 marta raketa hujumi uyushtirdi, deya xabar beradi Ukraina Qurolli kuchlari Bosh shtabi o‘zining kechki, tezkor hisobotida.

Xerson, Antonovka fuqarolik infratuzilmasi, shuningdek, to‘qnashuv chizig‘idagi Ukraina qo‘shinlarining pozisiyalari bir nechta raketa tizimlaridan o‘qqa tutildi.

"Bosqinchilarning Ukraina bo‘ylab energiya tizimi ob’ektlari va muhim infratuzilmalarga raketa zarbalari berish xavfi saqlanib qolmoqda", — deya ogohlantiradi Ukraina Qurolli Kuchlari Bosh shtabi.

Oxirgi 24 soat ichida asosiy yo‘nalishlarda artilleriya va minomyotlardan o‘q otish va pozision janglar olib borildi, jiddiy o‘zgarishlar kuzatilmadi.

Limansk va Baxmut yo‘nalishlarida rus qo‘shinlari Lugansk va Donesk viloyatlaridagi aholi punktlarini turli artilleriya turlari ko‘magida o‘qqa tutib, hujum qilishga urunishda davom etmoqda, deya xabar beradi Ukraina Qurolli kuchlari Bosh shtabi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!