Ukraina Qrim ko‘prigini yo‘q qilish uchun hamma narsaga ega – Qrim-tatar xalqi rahbari

Ukraina Qrim ko‘prigini yo‘q qilish uchun hamma narsaga ega – Qrim-tatar xalqi rahbari

Qrim tatar xalqi yetakchisi Mustafo Jemilev Ukrainada Qrim ko‘prigini buzish uchun hamma narsa borligini aytdi. Uning qayd etishicha, 2024 yil Qrimni bosib olish uchun oxirgi yil bo‘ladi. Bu haqda u o‘z intervyusida ma’lum qildi, deb xabar beradi “Crimean Wind” Telegram kanali.

“Hammasi tayyor. Biz Qrim ko‘prigini yo‘q qila olamiz. Lekin biz buni kerak bo‘lganda qilamiz”, – deb ishontirgan Jemilev.

Bundan tashqari, u mudofaa vaziri Rustem Umerov bilan birgalikda Qrimni birinchilardan bo‘lib ozod qilishiga ishontirdi. U ishg‘ol ostida qolgan Qrim tatarlarini ruslarga barcha kuchlar bilan qarshilik ko‘rsatishga chaqirdi.

Siyosatchi Qrim tez orada ozod etilishiga va qrimliklarning azob-uqubatlari barham topishiga ishonadi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!